Vazirlik: talabalar o‘qishi 2-sentabrdan boshlanishi haqidagi xabar asossiz

Obuna bo‘lish
Ijtimoiy tarmoqlarda oliy ta’lim muassasalarida o‘qish 2020-yilning 2-sentabridan boshlanishi to‘g‘risidagi xabarlar tarqalmoqda.

TOShKENT, 2 apr — Sputnik. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan talabalar o‘qishi 2-sentabrdan boshlanishi haqidagi xabarni rad etdi.

Studenti vo vremya vstupitelnix ekzamenov v Uzekspotsentre - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda OTMga kirish imtihonlari yanada soddalashtiriladi

“Ijtimoiy tarmoqlarda respublikamizdagi barcha oliy ta’lim muassasalarida o‘qish 2020-yilning 2-sentabridan boshlanishi to‘g‘risidagi asossiz xabarlar tarqalmoqda. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan bu mazmunda e’lon berilmaganligini rasman ma’lum qilamiz”, - deyilgan xabarda.

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish  maqsadida talabalar 2020-yil 16-martdan ikki hafta muddatga ta’tilga chiqarilgan edi. Karantin davrida talabalarga belgilangan tartibda stipendiya to‘lab beriladi.

Yangiliklar lentasi
0