Jamiyat

Moskvada koronavirusdan uyda davolanish tartibi qanday?

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Mediabankka oʻtishDezinfektsionnaya obrabotka v podʼyezde jilogo doma
Dezinfektsionnaya obrabotka v podʼyezde jilogo doma - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Moskvada koronavirusni uyida davolash uchun qanday imkoniyatlar yaratilgan va qanday cheklovlar kiritilgan.

TOSHKENT, 1 apr – Sputnik. Ayni damda Moskvada 550dan ziyod bemorlar koronavirusdan uyida davolanmoqda.

Ushbu bemorlarni davolashda Mosgorzdrav tomonidan quyidagi tartib belgilangan: shifokor bemorni koʻzdan kechirib, uni uyida davolash yoki shifoxonaga yuborish haqida qaror qabul qiladi.

Vrachi skoroy meditsinskoy pomoщi dostavili patsiyenta s podozreniyem na koronavirus v bolnitsu  - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Moskvada koronavirusga chalinganlarga uyida davolanishga ruxsat berildi  

Uyida davolashga qoldirilgan bemor karantin rejimini bajarishga, uydan chiqmaslik haqida ogohlantirish xatiga qoʻl qoʻyadi. Shundan soʻng bemorning fotosurati shahar videokuzatuv tizimiga kiritiladi. Karantin tartibini buzgan bemorlar majburiy ravishda kasalxonaga yotqiziladi.

Telemeditsina markazi shifokorlari uyida davolanayotgan bemor bilan doimiy ravishda aloqada boʻlib turadi va butun davolanish davrida virusga qarshi preparatlar bilan taʼminlab turadi.

Eslatib oʻtamiz, 23 martdan – 6 aprelga qadar Moskvada kasallik yengil kechayotgan, xavfli guruhga (65 yoshdan katta, surunkali diabet, pnevmoniyaga chalinmagan) kirmagan bemorlar uchun koronavirusdan uyida davolanish tartibi oʻrnatilgan edi.

Bunday tartib xorijiy davlatlar (Italiya) tajribasini oʻrganish asosida kiritilgan va shifxona oʻrinlarini kasallik yengil kechayotgan bemorlar bilan band boʻlishini oldini oladi.  

Yangiliklar lentasi
0