TOSHKENT, 1 apr – Sputnik. Xitoyning yetakchi epidemiologi Chjun Nanshan yangi koronavirus pandemiyasi aprel oyi oxiriga borib pasaya boshlashini prognoz qilmoqda.
XXR sogʻliqni saqlash masalalari boʻyicha davlat qoʻmitasi 29 mart kuni mamlakatda epidemiya tarqalishiga nuqta qoʻyilganligi haqida eʼlon qilgan edi.
"Aminmanki, keskin choralar tufayli, har bir mamlakatdagi epidemiologik vaziyatni nazorat ostiga olish mumkin. Kutishimcha, aprel oyi oxiriga borib, epidemiya pasayishni boshlashi kerak", - deb bayonot qilgan Chjun Nanshan mahalliy telekanalga bergan intervyusida.
Xitoy hukumati 2019 yilning 31 dekabr kuni Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkilotini mamlakatning markaziy qismi (Xubey provintsiyasi) Uxan shahrida nomaʼlum pnevmoniya avj olgani haqida xabardor qilgan edi.
Mutaxassislar kasallkning qoʻzgʻatuvchisi yangi turdagi koronavirus ekanligini aniqladilar, sal keyinchalik virusga COVID-19 deya rasmiy nom berildi. BSST 11 mart kuni jahonda yangi koronavirus pandemiyasi haqida eʼlon qildi. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, dunyoda ushbu virusdan 750 ming kishi kasallangan, 36 mindan ziyodi vafot etgan.