Jamiyat

Oʻzbekistondagi karantin qachon tugaydi?

© Press-slujba Natsionalnoy gvardii UzbekistanaKarantin
Karantin - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspektsiyasi boshligʻi eng koʻp soʻralayotgan savollarga javob qaytardi.

TOSHKENT, 1 apr — Sputnik. AOKAdagi brifingda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspektsiyasi boshligʻi Nurmat Otabekov koʻpchilikni qiziqtirayotgan savollarga javob qaytardi.

- Respublikada boshlangan karantin qachon tugatiladi?

- Karantin oxirigi aniqlangan bemor shifoxonaga yotqizilgandan keyin (alohidalangandan) 14 kun oʻtgandan keyin va bu holatga toʻliq ishonch hosil qilgandan keyin karantinni bekor qilish masalasi koʻrib chiqiladi.

- Fargʻona viloyatidagi 26 nafar koronavirusga chalingan bemorlar kasallikni qayerda yuqtirib olishgan?

- Fargʻona viloyatida umumiy qayd etilgan 26  nafar bemorlarning 17 nafari maxsus charter reyslarida koronavirus infektsiyasi boʻyicha epidemik noxush hududlardan olib kelingan hamyurtlarimiz orasida aniqlangan.

- Oziq-ovqat doʻkonlari ham dezinfektsiya qilinadimi? Agar dezinfektsiya qilinsa mahsulotlar mazasi va sifati oʻzgarmasligiga kim kafolat beradi?

- Oziq-ovqat mahsulotlari doʻkonlarida xam zararsizlantirish ishlari olib boriladi.  Mahsulotlar ifloslanmasligi uchun ular albatta oʻramlarda boʻlishi shart. Oʻrami buzilgan va ochiq holatda saqlanayotgan maxsulotlarni kleyonka, tsellofan va boshka zararsizlantiruvchi eritmalarni oʻtkazmaydigan vositalardan foydalanish talab etiladi.

- Koronavirus infektsiyasiga gumon qilingan bemorlarni koʻrish uchun qarindoshlari shifoxonaga borishi mumkinmi?

- Mumkin emas. Ushbu cheklovlar koronavirus infektsiyasini tarqalishini oldini olish uchun  belgilangan.

- Koronavirus bilan shifoxonadan chiqqandan keyin uyda nimalarga rioya qilish kerak?

- Bemor shifoxonadan chiqqandan keyin shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishi, yaʼni koʻlni tez-tez yuvishi, xonani shamollatib turishi va uyda odamlarni ortiqcha yigʻilishiga yoʻl qoʻymaslik, tibbiy xodimlar kuzatuvida boʻlishlari va ular tavsiyalariga rioya eishlari kerak.

- Karantin davrida bitta niqobdan qancha muddatga foydalanish mumkin?

- Karantin davrida niqobni xar 3 soatda almashtirish zarur.

Yangiliklar lentasi
0