Turkmanistonda "koronavirus" so‘zini aytish ta’qiqlandi

© Sputnik / Ramil SitdikovSkulptura narodnogo geroya Turkmenistana u monumenta Nezavisimosti Turkmenistana v Ashxabade
Skulptura narodnogo geroya Turkmenistana u monumenta Nezavisimosti Turkmenistana v Ashxabade - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ilgariroq Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov fuqarolarga virusdan xalqona usul - isiriq tutuni bilan himoyalanishni maslahat bergan edi.

TOShKENT, 31 mar - Sputnik. Turkmaniston hukumati COVID-19 pandemiyasi tufayli aholi o‘rtasida ko‘tarilayotgan vahimani bostirishning ta’sirchan usulini topishdi, deyiladi Chegara bilmas reportorlar xalqaro tashkiloti saytida.

Festival Tadjikskiy atlas i adras 2020 vo dvorse Arbob - Sputnik O‘zbekiston
Nima uchun Tojikistonda koronavirus yo‘q – asosiy versiyalar

Aytilishicha, vahimani bostirishning yechimi juda oson - buning uchun "koronavirus" degan so‘zga ta’qiq qo‘yish va uni muomaladan chiqarib tashlash lozim.

Xabarda aytilishicha, ushbu so‘z mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ta’lim maskanlari, kasalxonalar, turli korxonalar va kompaniyalarga yuboriladigan maxsus broshuralardan chiqarib tashlangan.

Tashkilot vakillarining yozishicha, ko‘chalarda niqob taqib, koronavirus pandemiyasini muhokama qilib ketayotgan fuqarolar, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan qo‘lga olinishi mumkin.

Turkmaniston hukumati tomonidan taqdim etilgan rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda birorta ham COVID-19ga chalinish holati qayd etilmagan.

Sal oldin mamlakat prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov hukumat majlisi davomida fuqarolarga o‘zlarini isiriq tutuni yordamida virusdan himoya qilishni maslahat bergan edi.

Berdimuhamedovning so‘zlariga ko‘ra, isiriq tutuni inson organizmiga ushbu xavfli viruslarning kirishini oldini oladi.

Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtga qadar COVID-19ni yuqtirgan kishilar soni 786 mingdan oshdi, 38 mingga yaqini vafot etdi, 165 mingdan ziyodi sog‘aydi.

Yangiliklar lentasi
0