Nima uchun Tojikistonda koronavirus yo‘q – asosiy versiyalar

© Press-slujba Prezidenta Respubliki TadjikistanFestival "Tadjikskiy atlas i adras 2020" vo dvorse Arbob
Festival Tadjikskiy atlas i adras 2020 vo dvorse Arbob - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Koronavirus pandemiyasi 199 ta davlatni qamrab oldi, biroq Tojikiston hanuz dunyo epidemiyasidan chetda qolmoqda.

TOShKENT, 30 mar — Sputnik, Marina Chernishova-Melnik. Tojikiston bugungi kunda koronavirus birorta holati qayd etilmagan davlatlardan biri bo‘lib qolmoqda.

Emomali Raxmon vo Dvorse Arbob prinyal uchastie v festivale Tadjikskiy atlas i adras-2020 - Sputnik O‘zbekiston
Emomali Rahmon atlas festivaliga tashrif buyurdi - foto

2019 yil oxirida Xitoyda aniqlangan koronavirus dunyoning 199 davlatini qamrab oldi. Sal kam 725 ming turli yoshdagi kishilar virusga chalindi, 34 mingdan ortiq kishi vafot etdi.

Tojikiston hozircha epidemiyadan chetda qolmoqda, mamlakat aholisi boshqa davlatlar singari koronavirus bilan bog‘liq vaziyat haqidagi yangiliklarni kuzatib bormoqda.

Mutaxassis va oddiy fuqarolar o‘ziga savol bermoqda: Tojikiston o‘zini qanday qilib koronavirusdan himoya qilishga erishdi, qanday omillar yordam berdi.

Sputnik Tojikiston eng keng tarqalgan versiyalarni to‘pladi.

Ommabop emas, demak sog‘lom

Tojikiston  - ancha yopiq davlat. Buni yirik tranzit punkti yoki chet ellik sayyohlar orasida eng sevimli dam olish maskanlaridan biri deb bo‘lmaydi.

Aviachiptalar narxi “tishlaydi”, turizm reklamasiga hech kim pul tikmaydi. Kirish turizmning oqimi kam. Shunga ko‘ra, respublikada aviaparvozlar minimal darajada, tranzit parvozlar umuman yo‘q. Shuning uchun Yevropa va Shimoliy Amerika davlatlari singari Tojikiston hududiga infeksiyani olib kirish qiyinroq. Virus tarqalishining asosiy xavfi bu turistlar.

Mujchina i jenshina v meditsinskoy maske tansuyut tango v pochti pustom restorane v Buenos-Ayrese - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirus bepushtlikka olib kelishi mumkin – tadqiqot

Agar Italiya va Tojikiston yillik sayohlar soni solishtirilganda, ancha farq qiladi, va bu o‘zining ijobiy holati ko‘rsatmoqda. Ehtimol, bunday izolyatsiya Tojikistonni koronavirusdan himoya qilgan. Darhaqiqat, hatto mintaqadagi qo‘shnilar - Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston rivojlangan iqtisodiyoti, xalqaro munosabatlari va keng aviamarshrutlar tarmog‘i tufayli chet elliklarni ko‘p marta ko‘proq qabul qilishgan.

Bundan tashqari, Tojikiston qit’aning chuqur qismida, transport oqimlaridan uzoqda joylashgan. Sharq tomonda Xitoy bilan chegarani tezlik bilan yopildi. Qozog‘iston orqali tranzit to‘xtatilishi ham respublikada xavfsizlikni ta’minladi.

Koronavirus – boylar kasalligi

Keyingi mantiqiy taxmin – qanchalik mamlakat fuqarolari ko‘p sayohatiga chiqsa yoki chet elliklarni mehmon sifatida qabul qilsa koronavirus tarqalish ehtimoli shunchalik yuqori bo‘ladi.

“Korona” ni yaxshi daromadli kishilar olib kelmoqda. Daromad va chiptalar narxi sezilarli farq qilishi tufayli Tojikiston fuqarolari kamdan-kam hollarda chegarani kesib o‘tadilar. Aholining katta qismi chet elda ishlaydi, yiliga bir-ikki marta yoki undan kam vataniga qaytadi.

Koronavirus - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirus epidemiyasi yillarga cho‘zilishi mumkin – AQSh virusologi

Hamma ham boshqa davlatda ta’tilni o‘tkaza olmaydi, aksariyat hollarda avtotransportda borish mumkin bo‘lgan qo‘shni - O‘zbekiston tanlanadi.

Bu safar hammani ranjitadigan chiptalarning yuqori narxi tojikistonliklarga qo‘l keldi, shekilli.

Koronavirusni aniqlab bo‘lmayapti

Ehtimol, savolga javob birinchi qarashda oson tuyuladi. Sir emaski, Tojikistonda tibbiyotning hozirgi darajasi, kasalxonalarning jihozlanishi va mutaxassislar malakasi bo‘yicha umumjahon darajadan orqada. Mamlakatda koronavirusni yuqtirish yagona holatlari bo‘lishi mumkinligini inkor etib bo‘lmaydi, biroq hammasi qurbonsiz o‘tdi.

Tashxis qo‘yish asbob-uskunlari va test-tizimlari yetishmasligi o‘z vaqtida kasallik holatlarini aniqlashga imkon bermapti. Axir, kasallik uzoq vaqt davomida alomatlarsiz o‘tishi allaqachon ma’lum.

“Tojikistonda nafas olish va pnevmoniya kasalliklari tashxisiga (asbob-uskunalar va boshqalar) egami? Agar bo‘lsa, ushbu tashxis barcha tibbiy muassasalarida qay darajada keng qo‘llanmoqda? Bu asosiy savol. Agar foydalanilmasa, unda rasmiy holatlar haqida ma’lumot bo‘lmaydi”, - deya tushuntiradi virusolog, tibbiyot professori Anatolik Altshteyn.

Vizit prinsa Charlza v Armeniyu - Sputnik O‘zbekiston
Shahzoda Charlz koronavirus infeksiyasini yuqtirib oldi

“Virusli infeksiyalarning oldini olish va davolash” ilmiy-axborot markazining bosh direktori Georgiy Vikulov bugungi kunga qadar koronavirus infeksiyasiga 199 davlat va mustaqil hududlar qamrab olinganini eslatdi.

“Biror joyda odamlar infeksiyani yuqtirishi, u havo orqali o‘tadi, qo‘shni hududlarga umuman  tarqalmasligi - bunday bo‘lmaydi. Hindiston va Afrikada yuqtirish holatlari haqidagi kech xabarlar bo‘lgan. U yerda, dastlab ular kasallik faktini tan olishga shoshilmadilar, ammo keyin ular bunga majbur bo‘lishdi. Shu sababli, men COVID-19’dan ozod bo‘lgan davlatlar dunyoda qolganiga shubha qilaman”, - deydi mutaxassis.

“I. I. Mechnikov nomli vaksinalar ilmiy-tadqiqot instituti” direktori Vitaliy Zverev hamkasblarini 2020-yil boshidan beri Tojikiston aholi orasida pnevmoniya holatlari statistikasini kuzatib borishga chaqirdi.

"Bu kelib chiqishi gripp yoki bakterial bo‘lishi mumkin. Agar so‘nggi paytlarda yuqumli pnevmoniya hollari ko‘payib ketgan bo‘lsa, bu signaldir", - deydi virusolog.

Tojiklarda koronavirusga qarshi immunitetga ega

Ushbu versiya ham aholi orasida ko‘plab javoblar mavjud. Ijtimoiy tarmoqlarning eng optimistik foydalanuvchilarning fikriga ko‘ra, tojikistonliklar grippning og‘ir formasida oldindan kasal bo‘lishgan, va u xuddi shu koronavirus bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Mamlakatda dekabr-yanvar oylaridan notipik alomatlar (ko‘p kunli isitma, yo‘tal va qayt qilish) bilan gripp avj olishi qayd etilgan. Shuning uchun endi dunyoni koronavirus “bosgan” paytda Tojikiston xavfsiz joyda – hammada kasallikka qarshi immunitet hosil bo‘ldi.

SSV oldindan choralar ko‘rdi

Xitoyda endi koronavirus haqida gapirishni boshlashganda 2020-yanvar oyi yakunida Tojikiston respublika kelayotgan barcha kishilarni tekshirishni boshladi, keyin esa xorijliklar umuman kirishni chekladi.

Xorijdan kelgan bir necha ming kishi yirik shaharlarda uzoqlikda bo‘lgan 14 kunlik majburiy karantindan muvaffaqiyatli o‘tdilar. Oldindan ko‘rilgan choralar muhim rol o‘ynadi, tashqaridan yuqtirish xavfi sezilarli darajada kamaydi.

Xavf guruhidagi odamlar kam

BSST ma’lumotlariga ko‘ra, koronavirus yuqtirish xavfi ostida, birinchi navbatda, 65 va undan katta yoshdagi keksa odamlar, surunkali kasalliklarga chalinganlar, homilador ayollar va immunitet tanqisligi bo‘lgan fuqarolar.

Respublikada tug‘ilishning o‘sishi tufayli mamlakat aholisining katta qismini yoshlar va bolalar tashkil qiladi.

Peves Lev Leshenko s suprugoy Irinoy - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya xalq artisti Lev Leshenko o‘zida koronavirus borligini taxmin qilmoqda

“Yoshlar ham virusdan aziyat chegadilar. Ammo bu, tanani umuman zaiflashtiradigan boshqa jiddiy, surunkali kasalliklar fonida, o‘z vaqtida infeksiyadan o‘zini himoya qila olmadi.

Immuniteti yillar davomida zaiflashadigan keksa odamlar uchun yanada qiyinroq. Tana endi oldingidek ishlay olmaydi va shunga mos ravishda infeksiyani yuqtirish xavfi katta. Menga 60 yoshdan oshgan, yurak-qon tomir, o‘pka, nafas olish tizimi, metabolizm bilan bog‘liq muammolari bo‘lmagan odamni ko‘rsating”, - deydi Zverev.

Statistik ma’lumot: Tojikistonda potensial almashtirish koeffitsiyenti (bolalar sonining mehnatga layoqatli yoshdagi aholiga nisbati) 54,1% ni, pensiya ta’minoti darajasi esa atigi 5,4% ni tashkil etadi.

Din himoya qiladi

Tojikistoning aksariyat aholisi - musulmonlar. Har bir musulmon har kuni besh maxal namoz o‘qishi kerak. Bu qoida mansab yoki moliyaviy ahvolidan qat’iy nazar barcha dindorlarga taalluqli. Namozdan avval tahorat qilish kerak.

O‘ylab ko‘ring: tojik xalqining aksariyati kuniga bir necha marta tahorat qiladi. Jaziramada qo‘l va oyoq ochiq bo‘lsa ham - muntazam yuvilsa, hech qanday virus ildiz otmaydi. 

Koronavirusga qarshi isiriq

Tojikistonda isiriqdan keng foydalaniladi. Xonalarda qurigan o‘tni yoqishadi va bakteriyalarni “o‘ldirishadi”. Epidemiolog-shifokor Mixail Favorovning fikriga ko‘ra, aynan isiriq mamlakat aholisini infeksiyadan qutqarmoqda.

Parij, ayol tibbiy niqobda do‘kon oldidan o‘tmoqda. 15.03.2020. - Sputnik O‘zbekiston
Isiriq, qalampir va dunyo – hafta suratlari

“Mo‘g‘ul uchburchagi”ga kiruvchi mamlakatlarda birorta ham koronavirus holati aniqlanmagan. Biz buning sabablari haqida uzoq o‘yladik: bunga balkim quruq havo va iqlim sababchidir, yoki isiriq. Axir Markaziy osiyoda ushbu o‘tdan uzoq yillar davomida havoni zarasizlantirish vositasi sifatida foydalanishgan,” — dedi Favorov.

Aytgancha, koronavirus haqida yangiliklar fonidan Tojikistonda isiriq va sarimsoq savdosi ko‘paydi.

Yangiliklar lentasi
0