“Korona”ni o‘ldiradigan havo qachon keladi – sinoptiklar javobi

© Ana_JAnomalnaya jara
Anomalnaya jara - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Biolog Ancha Baranova yuqori haroratda virus “qurishi” va “buzilishi” hisobiga koronavirus tarqalishi sekinlashini aytdi.

TOShKENT, 31 mar — Sputnik. COVID-19 tarqalishini “to‘xtatish”ga qodir bo‘lgan issiq va quruq havo Rossiyaning Yevropa qismida iyun oyi boshida, Moskvada va mamlakatning katta qismida iyulda keladi. Bu haqda RIA Novosti’ga Gidrometmarkaz ilmiy rahbari Roman Vilfand ma’lum qildi.

Probirka s koronavirusom 2019-nCoV - Sputnik O‘zbekiston
COVID-19’dan dori-darmonsiz davolanish sharti ma’lum qilindi

“Iyun va may oylarida 21-23 haroratli alohida kunlar bo‘ladi“, - dedi mutaxassis.

MGU professori, jo‘g‘rofiya fanlari nomzodi Pavel Konstantinovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning ko‘plab shaharlarida eng issiq bu iyul oyi bo‘lishini aytdi.

Biologiya fanlari doktori, GMU Tizimli biologiya maktabi professori (AQSh) Ancha Baranova yuqori haroratda virus qurishi, buning oqibatida “buzilishi” hisobiga koronavirus tarqalishini “to‘xtatishini” tushuntirdi.

“Virus baribir bo‘ladi, lekin infeksion emas, buzilgan bo‘ladi. Bu darhol sodir bo‘lmaydi. Agar hozirgi sharoitda virus jismlar yuzasida uch kun ”qolsa”, issiq havoda shu jismda uch soat “o‘tirishi” mumkin. Uch soatda bu predmetga kamroq odam tegadi. Shuni hisobiga virus yuqtirgan kishilar soni kamayadi”, - dedi Baranova.

Bu yopiq xonalarga tegishli emas. “Konditsioner bor joyda, virus tirik qoladi. Men faqat ochiq havo haqida fikr bildirdim”, - dedi biolog.

Yangiliklar lentasi
0