COVID-19’dan dori-darmonsiz davolanish sharti ma’lum qilindi

© REUTERS / Denis BalibouseProbirka s koronavirusom 2019-nCoV
Probirka s koronavirusom 2019-nCoV - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Melburn universiteti olimlari COVID-19’dan dori-darmonsiz davolanish shartini ma’lum qilishdi. Tadqiqotda 47 yoshli uxanlik ayolning davolanish jarayoni kuzatildi.

TOShKENT, 30 mar — Sputnik. Yaxshi immunitetga ega bo‘lgan insonlarning organizmi o‘zi mustaqil ravishda koronavirus infeksiyasini yengishga qodir, bunday xulosaga Melburn universiteti olimlari keldi.

Situatsiya v Pekine v svazi s epidemiyey koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
Olimlar koronavirusning manbai Xitoy emas deb hisoblashmoqda

Tadqiqot natijalari Nature Medicine jurnalida e’lon qilishi mumkin.

Xitoyning Uxan shahridan Avstraliyaga kelgan 47 yoshli ayol tadqiqot obyekti bo‘ldi. Ayol koronavirus alomatlari bilan shifoxona yotqizildi. Ta’kidlanishicha, ayolda patologik kasalliklari va zararli odatlari bo‘lmagan.

Davolanish vaqtida unga antibiotik yoki virusga qarshi preparatlar tayinlanmadi. Shifokorlar qabul qilgan yagona chora - bu organizmdagi suv muvozanatini saqlash uchun muolajalar bajarishdi

Natijada bemor ikki hafta ichida davolanish chiqdi. Uning qon tahlil natijalari immun tizimining hujayralari ko‘payganligini ko‘rsatdi, bu oddiy mavsumiy grippga qarshi kurashda tananing xarakterli reaksiyasi hisoblanadi.

Olimlarning ta’kidlashicha, koronavirus infeksiyasi uxanlik ayolning davolanish jarayonini tushunish yo‘lidagi jiddiy qadam va tadqiqot natijalaridan kasallikni davolash usullarini takomillashtirishda foydalanish mumkin.

JSST 11-mart kuni yangi turdagi koronavirus COVID-19 tarqalishini - pandemiya deb e’lon qildi. So‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda virusni yuqtirganlar soni 723 mingdan ziyod kishini tashkil qilmoqda, 33 mingdan ziyod kishi vafot etgan. 151 mingdan ortiq kishi tuzalishga muvaffaq bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0