O‘zbekistonda 4 mingga yaqin ko‘ngilli COVID-19 bilan kurashish istagini bildirdi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishVrachi skoroy meditsinskoy pomoshi dostavili patsiyenta s podozreniyem na koronavirus v bolnitsu
Vrachi skoroy meditsinskoy pomoshi dostavili patsiyenta s podozreniyem na koronavirus v bolnitsu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Asosan shifokorlar o‘zlarining tajriba va kasbiy mahoratlarini qo‘llash bo‘yicha taklif bildirgan, ammo ko‘ngillilar orasida boshqa kasb vakillari ham bor.

TOShKENT, 30 mar — Sputnik. O‘zbekistonda koronavirus bilan kurashishni xohlovchi ko‘ngillilardan 4 mingga yaqin murojaat kelib tushdi. Bu haqda Innovatsion sog‘liqni saqlash Milliy palatasining matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashda asosan shifokorlar tomonidan o‘zlarining tajriba va kasbiy mahoratlarini qo‘llash bo‘yicha takliflar kelmoqda. Ammo ko‘ngillilar orasida boshqa kasb vakillari ham bor, ular taxminan 10 foizini tashkil qilishadi.

Professor Universiteta Koryo Respubliki Koreya Soy Chje Uk - Sputnik O‘zbekiston
COVID-19ga qarshi kurash: SSVda koreyalik mutaxassis ish boshladi

"Milliy Palata COVID-19" (t.me/uzhealth_covid2019) maxsus telegram-kanali atigi 27-mart kuni tashkil etilgan bo‘lsada, 4 kun ichida kamida 3,5 ming ko‘ngillilar o‘zlarining shaxsiy, aloqa va ixtisosliklari to‘g‘risidagi ma’lumotlarini ushbu telegram kanalining botiga jo‘natib ulgurishdi", - deyilgan xabarda.

Ushbu sohadagi ko‘ngillilarning, shu jumladan, “shifokorlar va laboratoriya mutaxassislari”, “o‘rta tibbiyot xodimlari”, “kichik tibbiyot xodimlari” va “boshqalar” ro‘yxatlarini tuziladi hamda ushbu ma’lumotlar SSVga yuboriladi.

Yangiliklar lentasi
0