COVID-19ga qarshi kurash: SSVda koreyalik mutaxassis ish boshladi

© Otdel po svazam s obshestvennostyu Ministerstva zdravooxraneniyaProfessor Universiteta Koryo Respubliki Koreya Soy Chje Uk
Professor Universiteta Koryo Respubliki Koreya Soy Chje Uk - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga qarshi kurashishda yordam berishi uchun koreyalik professorni O‘zbekistonga taklif etdi.

TOShKENT, 30 mar — Sputnik. Sog‘liqni saqlash vazirligida Koreyaning Koryo universiteti professori Soy Chje Uk S xalqaro ekspert sifatida ish boshladi.

Koronavirusga zarba: maxsus karantin zona - Sputnik O‘zbekiston
Barcha qulayliklar ega bo‘lgan karantin – video

Vazirlik matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mutaxassis bugun va ertaga qanday chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan maslahat olish, hamkorlikda ishni tashkil qilish hamda dunyo va Koreya tajribasi bilan mamlakatda qo‘llanilayotgan koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha bugungi metodologiyani uyg‘unlashtirish maqsadida taklif etildi.

Ushbu xalqaro ekspert bilan hamkorlikda, shuningdek, koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni samarali davolash va ularning xastalikdan tezroq forig‘ bo‘lishlari uchun yuqori tibbiy texnologiyalardan unumli foydalanishni yanada kuchaytirishga ham alohida e’tibor qaratish ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlanganlar soni 149 nafarga yetgan.

Yangiliklar lentasi
0