Jamiyat

Umumtaʼlim maktab oʻquvchilari uchun onlayn videodarslar boshlandi

CC0 / pixabay.com / Televizionnыy pult
Televizionnыy pult - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Karantin vaqtida taʼtilda boʻlgan umumtaʼlim maktab oʻquvchilari uchun onlayn videodarslari efirga uzatila boshlandi.

TOSHKENT, 30 mar - Sputnik. Joriy yilning 30 mart kunidan boshlab, umumtaʼlim maktab oʻquvchilariga masofaviy taʼlim berish maqsadida  “Onlayn maktab” loyihasi ishga tushirildi. Bu haqda Xalq taʼlimi vazirligi axborot xizmati xabar qildi.

Uzoq va borish qiyin aholi punktlarida yashovchi abonentlar uchun esa videodarslar ochiq rejimda bepul tarqatilayotgan 4 ta qoʻshimcha televizion kanallari orqali namoyish etiladi.  

Televizionnыy pult - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Karantin davrida oʻquvchilarga telekanallar orqali oʻtiladigan darslar sanasi maʼlum boʻldi

Televizion darslar 1-4-sinflar uchun National Geography Wild kanalida, 5-8-sinflar uchun Eurosport kanalida va 9-11-sinflar uchun “Oxota va rыbalka” kanalida namoyish etiladi. Ushbu telekanallar bepul koʻrsatiladigan kanallarga oʻtkazilgan.

Televizion darslar namoyish etish vaqti jadvalini Xalq taʼlimi vazirligi rasmiy vebsayti (www.uzedu (https://www.uzedu.uz/)), ijtimoiy tarmoqlari va Telegram tarmogʻida maxsus ochilgan https://t.me/uzeduonlinemaktab kanalidan olish mumkin.

Avvalroq Xalq taʼlimi vazirligining rasmiy veb-sayti orqali kundalik.com hamda “Onlayn maktab” elektron portali orqali videodarslarni kuzatib borish imkoniyati yaratilgani haqida xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0