Karantin davrida o‘quvchilarga telekanallar orqali o‘tiladigan darslar sanasi ma’lum bo‘ldi

© Uzbekistan TodayTelevizionniy pult
Televizionniy pult - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Darslar 1 dan 11 sinfgacha bo‘lgan o‘quvchiliklar uchun o‘zbek, qoraqalpoq va rus tillarida 15 daqiqadan olib boriladi.

TOShKENT, 19 mar — Sputnik. Joriy yilning 30-mart sanasidan boshlab, karantin e’lon qilingan ta’til vaqtidagi maktab o‘quvchilari uchun videodarslar o‘tib boriladi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati ma’lum qilmoqda.

Detskiy sad - Sputnik O‘zbekiston
Bog‘chalardagi karantin qancha muddatgacha davom etishi aytildi

Ushbu imkoniyat ta’tilda 1-11 sinfgacha bo‘lgan o‘quvchilarning bilim olishlari uchun tashkil etilgan bo‘lib, darslar “Oilaviy”, “Ma’rifat va madaniyat”, “Dunyo bo‘ylab” va “Yoshlar” telekanallari orqali namoyish etib boriladi.

Darslar uch tilda, o‘zbek, qoraqalpoq va rus tillarida 15 daqiqa davomida olib boriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq koronavirus epidemiyasining tarqalishi va uning oldini olish maqsadida ta’tilga chiqarilgan maktab o‘quvchilari uchun uy sharoitida darslar o‘tib borilishi xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0