Koronavirus bepushtlikka olib kelishi mumkin – tadqiqot

© REUTERS / Matias BagliettoMujchina i jenshina v meditsinskoy maske tansuyut tango v pochti pustom restorane v Buenos-Ayrese
Mujchina i jenshina v meditsinskoy maske tansuyut tango v pochti pustom restorane v Buenos-Ayrese - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xitoy olimlarining tadqiqoti natijalari koronavirus erkaklar jinsiy bezlari funksiyasiga ta’sir qilishini ko‘rsatdi.

TOShKENT, 26 mar — Sputnik. Xitoy olimlari yangi koronavirusning shtammi bepushtlikka olib kelishi mumkinligini aniqlashdi. Tadqiqot medRxiv platformasida e’lon qilindi.

Prezident RF Vladimir Putin  - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya koronavirus epidemiyasini uch oyda yengadi - Putin

Mutaxassislar koronavirusga chalingan 80 nafar erkakda gormonlar darajasini tahlil qilishdi.

Tadqiqot koronavirus erkaklar jinsiy bezlari funksiyasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qilishini ko‘rsatdi. Xususan, koronavrusga chalingan bemorlarda testosteron ishlab chiqarishni kuchaytiradigan lyuteiniz gormoni darajasi haddan tashqari yuqori bo‘lganligi ko‘rsatdi. Shu bilan birga, lyuteiniz gomoniga testosteron va follikulstimul gormoni (FSG) nisbati juda past darajada ekanligi ma’lum bo‘ldi.

“Bu tadqiqot koronavirus infeksiyasi erkak jinsiy gormonlariga ta’sir qilishini ko‘rsatuvchi  birinchi dalil hisoblanadi, SARS-CoV-2dan xalos bo‘lgan bemorlarda, ayniqsa reproduktiv yoshdagi erkaklardagi jinsiy bezlarining ishlashiga ko‘proq e’tibor berishlari talab etadi”, - deb ta’kidlamoqda mutaxassislar.

Olimlar ta’kidlanishicha, koronavirusga chalinganlarning yarmidan ko‘pi reproduktiv yoshdagi erkaklar tashkil qilmoqda, kasallikdan tuzalgan kishilar to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari kerak.

Shuningdek, mutaxassislar tadqiqot cheklanganligini tan olishdi. Bemorlarning spermasida virus o‘zi aniqlanmagan, bu erkak jinsiy bezlariga zarar yetkazilishi haqida aniq dalolat bergan bo‘lardi.

Olimlar stress va kortikosteroid terapiya erkak bemorlarning jinsiy a’zolari faoliyatiga ta’sir qilgan bo‘lishi mumkin deb taxmin qilishdi.

Yangiliklar lentasi
0