Olimlar koronavirusning manbai Xitoy emas deb hisoblashmoqda

© Sputnik / Anna Ratkoglo / Mediabankka o‘tishSituatsiya v Pekine v svazi s epidemiyey koronavirusa
Situatsiya v Pekine v svazi s epidemiyey koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 27-fevral holatiga dunyo bo‘ylab koronavirusni 85 ming kishi yuqtirgan, bu kasallikdan vafot etganlar soni sal kam 3 mingni tashkil qilmoqda.

TOShKENT, 27 fev – Sputnik. 2019-nCoV yangi koronavirus shtammining manbasi Xitoyda paydo bo‘lganligi haqida hech qanday dalillar yo‘q, deb aytdi Xitoy Sog‘liqni saqlash davlat qo‘mitasining maxsus ekspert komissiyasi rahbari Chjun Nanshan matbuot anjumanda.

Letuchiya mish  - Sputnik O‘zbekiston
Ko‘rshapalak, fitna yoki patogen: koronavirus kelib chiqishi haqida olimlar fikri

Biroq, ekspert o‘lim koronavirusi tarqalishi ilk bor Xitoyning Xubey provinsiyasida qayd etilganini tan oldi.

“Epidemik vaziyat bo‘yicha taxminlar va prognozlarga kelsak, biz birinchi navbatda boshqa davlatlarni hisobga olmagan holda Xitoyni ko‘rib chiqmoqdamiz. Epedemiya tarqalishi birinchi marta Xitoyda aniqlangan bo‘lsa ham, kasallikning manbasi Xitoyda paydo bo‘lishi shart emas”, - deb ta’kidladi xitoylik olim.

Mutaxassis hozirgi vaqtda Xitoydan tashqarida koronavirus bilan yuqtirish holatlari tobora ko‘payib borayotganiga e’tibor qaratdi.

2019-nCoV tarqalishi

O‘tgan yil dekabr yakunida Xitoy hukumati Xubey provinsiyasi markazi bo‘lgan Uxan shahrida noma’lum pnevmoniya tarqalishi haqida xabar qilingandi. Keyinchalik, kasallik qo‘zg‘atuvchisi koronavirus 2019-nCoV ekani aniqlandi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 27-fevral holatiga dunyo bo‘ylab koronavirusni 85 ming kishi yuqtirgan, bu kasallikdan vafot etganlar soni sal kam 3 mingni tashkil qilmoqda.

Bugungi kunda shifokorlar 33 ming bemorlarning sog‘ayib ketishiga yordam berdilar.

Yangiliklar lentasi
0