Koronavirus faollashadigan harorat darajasi aytildi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishUsilenie sanitarnogo kontrolya v aeroportu Vnukovo v svazi s koronavirusom
Usilenie sanitarnogo kontrolya v aeroportu Vnukovo v svazi s koronavirusom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, koronavirus 4 daraja issiqlikdan boshlab uzoq muddat davomida yuqori barqaror holatda bo‘lishi mumkin.

TOShKENT, 29 mar — Sputnik. Gonkong universiteti olimlari koronavirus ayniqsa faol bo‘ladigan haroratni ma’lum qilishdi. Tegishli ma’lumotlar medRxiv portalida chop qilingan.

Ta’kidlanishicha, koronavirus 4 daraja issiqlikdan boshlab uzoq muddat davomida yuqori barqaror holatda bo‘lishi mumkin. Xona haroratida virus 7 kungacha omon qolishi mumkin. 14 kundan keyin uning faolligi pasayib, yo‘q bo‘lib ketadi.

Anomalnaya jara - Sputnik O‘zbekiston
Virus quyoshda "quriydi" - biolog pandemiya tugashini bashorat qildi

Shu bilan birga, SARS-CoV-2 yuqori haroratga dosh bera olmaydi. 56 darajada virus yarim soat ichida o‘ladi, 70 darajada esa besh daqiqada undan asar ham qolmaydi.

Tibbiy niqob ustida virus 7 kungacha saqlanib qolishi mumkin, shuning uchun uni muntazam almashtirib turish kerak, ko‘p marotaba ishlatiladiganlarini esa tez-tez dezinfeksiya qilib turish kerak.

Koronavirus turli buyumlar ustida necha soat hayot kechira oladi?

Har qanday buyumning ustki qismi dezinfeksiya qilinganda virus 5 daqiqa o‘ladi.

Mutaxassislar dezinfeksiya uchun tarkibida xlor bo‘lgan vositalardan foydalanishni tavsiya qilishgan.

Eslatib o‘tamiz, sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov dokadan qilingan niqoblarni yoki tibbiy niqoblarni iloji bo‘lsa, bir marta ishlatgach, yo‘qotish kerakligini ma’lum qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0