Tojikiston va Qozog‘iston karantin tufayli qolib ketgan fuqarolar bilan almashdi

© Sputnik / Tabildi KadirbekovGranitsa mejdu Kirgizstanom i Kazaxstanom
Granitsa mejdu Kirgizstanom i Kazaxstanom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tojikiston va Qozog‘iston davlatlar hududida koronavirus tufayli qolib ketgan fuqarolar bilan o‘zaro almashdi.

TOShKENT, 28 mar — Sputnik. Qozog‘iston HHK harbiy-transport aviatsiyasi Tojikiston bilan fuqarolar almashuvini ta’minladi, deb xabar bermoqda Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi.

Voyennoslujashie Uzbekistana, kotorie obespechivayut  bezopasnost grajdan na granitse s Kazaxstanom - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘iston chegarasida qolib ketgan o‘zbek migrantlari harbiylar kuzatuvida olib kelindi

Tojikistondan 24 nafar Qozog‘iston fuqarosi chiqarilgan.

"Bu fuqarolar Tojikiston hududida qolishgan va tojik hukumati tomonidan kiritilgan keskin cheklov choralaridan so‘ng, davlat hududidan chiqa olmagan", - deyiladi xabarda.

Tojikistonga 23 nafar mamlakat fuqarosi qaytib kelgan. Reys o‘sha bort bilan amalga oshirilgan.

Chet davlatlardan fuqarolarni qaytarish bo‘yicha tadbirlar Qozog‘iston TIV, Mudofaa vazirligi va Tojikiston davlat organlarining hamkorlikdagi sayig‘harakatlari bilan amalga oshirilgan.

Yangiliklar lentasi
0