Qozog‘iston chegarasida qolib ketgan o‘zbek migrantlari harbiylar kuzatuvida olib kelindi

© Ministerstvo oboroni UzbekistanaVoyennoslujashie Uzbekistana, kotorie obespechivayut bezopasnost grajdan na granitse s Kazaxstanom
Voyennoslujashie Uzbekistana, kotorie obespechivayut  bezopasnost grajdan na granitse s Kazaxstanom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
30 ga yaqin shifokorlar tomonidan sog‘lig‘i tekshirilgan yigit-qizlar, ayollar hamda bolalar o‘zlari uchun ajratilgan hamda dizenfeksiya qilingan shinam xonalarga joylashtirilgan

TOShKENT, 27 mar - Sputnik. Markaziy harbiy okrug bo‘linmasi Qozog‘istondan kelgan 1157 nafar o‘zbekistonliklarni xavfsizligini ta’minlashga jalb qilindi.

Pogranichniy punkt, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirus yopgan chegaralar tufayli yuzlab o‘zbekistonliklar Qozog‘iston hududida qolmoqda

Xabarda aytilishicha, 25-mart kuni 1157 nafar O‘zbekiston fuqarosi temiryo‘l orqali Qozog‘iston Respublikasidan Samarqand shahriga olib kelingan. Shundan so‘ng ular Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi, viloyat hokimligi, Sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamda soha mutaxassislari tomonidan qisqa fursatda Samarqand shahrida vaqtincha tashkil etilgan karantin maskaniga joylashtirilgan.

"30 ga yaqin shifokorlar tomonidan sog‘lig‘i tekshirilgan yigit-qizlar, ayollar hamda bolalar o‘zlari uchun ajratilgan hamda dizenfeksiya qilingan shinam xonalarga joylashtirildi", - deyiladi xabarda.

© Ministerstvo oboroni UzbekistanaVoyennoslujashie Uzbekistana, kotorie obespechivayut bezopasnost grajdan na granitse s Kazaxstanom
Qozog‘iston chegarasida qolib ketgan o‘zbek migrantlari harbiylar kuzatuvida olib kelindi - Sputnik O‘zbekiston
Voyennoslujashie Uzbekistana, kotorie obespechivayut bezopasnost grajdan na granitse s Kazaxstanom

Karantindagi fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida Markaziy harbiy okrug harbiy xizmatchilari tomonidan patrullik qo‘riqlovi tashkil etilgan.

Eslatib o‘tamiz, 26-mart kuni O‘zbekiston TIV axborot xizmati rahbari Avazbek Hojimatov "23-martdan qo‘shni davlatlar bilan chegara o‘tkazish punktlari yopilishi munosabati bilan O‘zbekistonning Qozog‘iston va Qirg‘iziston bilan chegaralarida ko‘plab O‘zbekiston fuqarolari to‘planishi kuzatilgan. 25-mart soat 19:00 gacha Qozog‘istondan 1 450 nafar va Qirg‘izistondan 550 nafardan ortiq fuqarolar uyushgan holda chegaradan o‘tkazilgan"ini ma’lum qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0