TOShKENT, 27 mar — Sputnik. Farg‘ona viloyatiga barcha avtotransport vositalarining viloyatlardan kirib kelishi va chiqishi to‘xtatildi. Bu haqda Farg‘ona viloyati Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati ma’lum qilmoqda.
Joriy yilning 27-mart kuni soat 10: 00 dan boshlab viloyatlararo harakatlanish barcha transport vositalari uchun to‘xtatilgan.
Mamlakatda koronavirus kasalligi tarqalishining oldini olish hamda aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini va xavfsizligini ta’minlash maqsadida ushbu cheklov yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu taqiq yuk tashuvchi transportlariga tegishli emas.
Avvalroq, Respblikaning Navoiy, Samarqand va Sirdaryo viloyatlariga kirish va chiqish rasman to‘xtatilgani haqida xabar bergan edik.