Jizzax shahriga 28-martdan boshlab kirish va chiqish to‘xtatildi

© Pravitelstvenniy portal Respubliki UzbekistanV Djizake otkrili memorialniy kompleks Xamida Alimdjana i Zulfii
V Djizake otkrili memorialniy kompleks Xamida Alimdjana i Zulfii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tashkil etilgan yo‘l-patrul xizmati statsionar postlari va blok postlarini pirometrlar (masofadan tana haroratini o‘lchovchi) va o‘tishga ruxsat etilgan avtotransport vositalarini majburiy ravishda dezinfeksiya qilinadi.

TOShKENT, 28 mar - Sputnik. "Koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olish maqsadida Jizzax shahrini karantinga olish to‘g‘risida" gi Jizzax shahri hokimi qaroriga ko‘ra, shaharga 2020-yil 28-martdan boshlab kirish va chiqish to‘xtatiladi, deb xabar bermoqda viloyat axborot-xizmati.

Pogranichniy punkt, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Yana 3 ta viloyat kirish va chiqish uchun yopildi

Hujjatga muvofiq, Jizzax shahriga 2020-yil 28-mart soat 00.01 dan boshlab kirish va chiqish to‘xtatildi.

Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi, Milliy gvardiya, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi bilan Jizzax shahriga kirish chiqishni nazorat qilish uchun qo‘shimcha yo‘l-patrul xizmati statsionar postlari va blok postlar tashkil etadi.

Jizzax shahriga kiruvchi va chiquvchi shaxslarda koronavirus infeksiyasi alomatlarini aniqlash bo‘yicha majburiy tibbiy nazorat o‘rnatiladi.

Tashkil etilgan yo‘l-patrul xizmati statsionar postlari va blok postlari pirometrlar (masofadan tana haroratini o‘lchovchi) ta’minlanadi va o‘tishga ruxsat etilgan avtotransport vositalarini majburiy ravishda dezinfeksiya qilinadi.

Jizzax shahridagi "Yoshlar shaharchasi", "Istiqlol" va "O‘rda" ekologik istirohat bog‘lari faoliyati to‘xtatilib, fuqarolarning bog‘ hududiga kirishi ta’qiqlanadi.

Yangiliklar lentasi
0