O‘zbekistonda COVID-19dan birinchi o‘lim qayd etildi

© REUTERS / DADO RUVICProbirka s koronavirusom 2019-nCoV
Probirka s koronavirusom 2019-nCoV - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun tongda shifokorlarning reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor o‘tkir miokard infarktidan vafot etgan.

TOShKENT, 27 mar - Sputnik. O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlardan biri vafot etdi. Bu bemorlanganlar orasida qayd etilgan birinchi o‘lim holatidir.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev 500 ta sun’iy nafas oldirish apparat xarid qilish bo‘yicha topshiriq berdi

Ma’lum bo‘lishicha, shu yilning 26-mart kuni surunkali kasalliklari bilan dispanser nazoratida bo‘lgan namanganlik 72 yoshli R. ismli ayol koronavirus infeksiyasi tashxisi bilan viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.

Shu kuni soat 23:00 lar atrofida maxsus laborator tahlillar natijasida unda ushbu infeksiya aniqlangan. Bemorga ushbu infeksiya 12-mart kuni Turkiya safaridan qaytgan va kasalligi tasdiqlanib, karantinga olingan qizi M.dan yuqqanligi dalillangan.

Bemor uzoq yillar davomida qandli diabet, surunkali o‘tkir yurak yetishmovchiligi va boshqa kasalliklar bilan davolanib kelgan. Bugun tongda soat 4:30 da shifokorlarning reanimatsion muolajalariga qaramasdan o‘tkir miokard infarktidan vafot etgan.

Yangiliklar lentasi
0