Olmaota va Nur-Sulton ko‘chalarida guruh bo‘lib to‘planish taqiqlandi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishSituatsiya v Kazaxstane v svazi s koronavirusom
Situatsiya v Kazaxstane v svazi s koronavirusom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
28 martdan boshlab Olmaota va Nur-Sulton ko‘chalari va jamoat joylarida uch kishidan ortiq kishi to‘planishi taqiqlanadi.

TOShKENT, 26 mar — Sputnik. Qozog‘iston hukumati 28-martdan boshlab Olmaota va Nur-Sulton ko‘chalari va jamoat joylarida uch kishidan ortiq kishi to‘planishini taqiqladi. Bu haqda Qozog‘iston bosh vaziri matbuot xizmati xabar qildi.

Molodojeni, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘istonda yoshlar to‘yni onlayn o‘tkazdi

Ta’kidlanishicha, bir oila a’zolari uchun istisno mavjud. Voyaga yetmaganlarning kattalar hamrohligisiz harakat qilishi ham taqiqlangan.

Qozog‘istonda koronavirus bilan bog‘liq 109 ta holat qayd etilgan. Mamlakatda 16-martdan favqulodda holat rejimi amal qilmoqda. Nur-Sulton va Olmaotada 19-martdan karantin joriy etilgan.

Yangiliklar lentasi
0