Koronavirusga qarshi kurashayotgan tibbiyot xodimlari maxsus to‘lovlar bilan rag‘batlantiriladi

© Sputnik / Aleksey Suxorukov / Mediabankka o‘tishMeditsinskaya sestra podgotavlivayet lekarstvennie preparati
Meditsinskaya sestra podgotavlivayet lekarstvennie preparati - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Maxsus to‘lovlar karantin amal qiladigan muddat davomida, shu jumladan joriy yilning mart oyi uchun, xodimning har 14 kunlik faoliyat davri yakunida to‘lab beriladi.

TOShKENT, 26 mar - Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev "Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishga jalb qilingan tibbiyot va sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlarini qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi.

Sotrudnik za kompyuterom - Sputnik O‘zbekiston
16 aprelgacha karantin tugamasa, xodimning ishi taqdiri nima kechadi?

Qarorga muvofiq:

✅ koronavirus infeksiyasidan zararlangan bemorlar bilan muloqotga kirishadigan;

✅ zararlangan bemorlar joylashtirilgan obyektlarda hamda koronavirus infeksiyasini aniqlash laboratoriyalarida faoliyat olib borayotgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga har 14 kunlik faoliyat davri uchun quyidagi miqdorlarda (soliqlardan tashqari) maxsus qo‘shimcha rag‘batlantirish to‘lovi belgilandi:

👉 vrach xodimlarga, vrach-laborantlarga – 25 million so‘m;

👉o‘rta tibbiyot xodimlariga, hamshira-laborantlarga – 15 million so‘m;

Tashkent bez lyudey i avto: kak viglyadit uzbekskaya stolitsa v karantin - Sputnik O‘zbekiston
Karantin Toshkentni qanday o‘zgartirdi - foto

👉kichik tibbiyot xodimlariga – 10 million so‘m;

👉boshqa xodimlarga – 5 million so‘m.

❗️Maxsus to‘lovlar karantin amal qiladigan muddat davomida, shu jumladan joriy yilning mart oyi uchun, xodimning har 14 kunlik faoliyat davri yakunida to‘lab beriladi.

❇️Shuningdek, koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish doirasida bemorlar bilan ishlagan vaqtida koronavirus infeksiyasi yuqtirib olgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga 100 million so‘m;

❇️ koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish doirasida bemorlar bilan ishlagan vaqtida koronavirus infeksiyasini yuqtirish natijasida og‘ir ahvolga tushgan va sog‘lig‘i tiklanmagan taqdirda tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga yoki ularning oila a’zolariga esa 250 million so‘m miqdorida bir martalik to‘lovlar to‘lanadi.

❗️Ushbu to‘lovlar qonun hujjatlari, shuningdek, jamoa shartnomalari va boshqa lokal hujjatlar hamda mehnat shartnomasiga muvofiq xodimning sog‘lig‘iga shikast yetkazilganligi yoki uning vafoti munosabati bilan to‘lanadigan to‘lovlarni saqlab qolgan holda qo‘shimcha ravishda amalga oshiriladi.

Yangiliklar lentasi
0