TOShKENT, 26 mar — Sputnik. Xitoyda koronavirusga chalingan birinchi inson ayol ekanligi ma’lum bo‘ldi. U Uxan shahridagi “”Xuanan” dengiz mahsulotlari bozorida krevetka sotuvchisi bo‘lib ishlagan. Bu haqda Xitoyning “Penpay” gazetasi maqola tayyorladi.
Ta’kidlanishicha, ayolning familiyasi - Vey, 2019-yil 11-dekabr kuni noma’lum sabablarga ko‘ra uning isitmasi ko‘tariladi. U bozor yaqinida do‘konni ijaraga olgan. Uning uyi birinchi qavatida joylashgan klinikaga murojaat qiladi, lekin u yerda unga yordam berishmadi. 16-dekabr kuni ayol Xuachjun ilm va fan universiteti qoshidagi “Sexe” shifoxonasiga murojaat qildi.
Gazeta jurnalistlari yangi turdagi virusga ilk bemorlar ro‘yxati nusxasini oldilar. Undagi ma’lumotlarga ko‘ra, “Xuanan” bozoriga kelgan 24 kishi kelgan, ulardan 4 kishi – bir oila a’zolari.
Shuningdek, jurnalistlar shu bozorga kelmagan va u yerdagilar bilan hech qanday muloqot qilmagan yana bir bemor haqida ma’lumotga ega bo‘ldilar. Uning familiyasi Chen, unda ham 16-dekabr kuni isitmasi ko‘tarildi.
Erkak kompaniyalarning birida moliya bo‘limida ishlashini va tirik qushlar yoki shu bozorda bo‘lgan kishilar bilan muloqotda bo‘lmaganligini shifokorlarga aytadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u 30 km uzoqlikda istiqomat qiladi. U taxmin qilishicha, ishga ketayotgan vaqtda metroda virus infeksiyasini yuqtirib olgan bo‘lishi mumkin.