Haydovchi niqob taqmay harakatlanishi mumkinmi?

© MChS UzbekistanaSanitarnaya obrabotka na ulitsax Tashkenta
Sanitarnaya obrabotka na ulitsax Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
IIV matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov transport vositasi boshqaruvida tibbiy niqob taqish shartlari to‘g‘risida ma’lumot berdi.

TOShKENT, 25 mar — Sputnik. Ichki ishlar vazirining matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov navbatdagi brifing chog‘ida transport vositasi boshqaruvida tibbiy niqob taqish shartlari to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Pokupatel v maske v apteke v Tegerane  - Sputnik O‘zbekiston
SSV tibbiy niqoblarni to‘g‘ri taqish foydasi haqida eslatdi

“Siz o‘z avtomobilingizni boshqarayotganda tibbiy niqobsiz bo‘lishingiz mumkin, agar mashinada boshqa yo‘lovchi bo‘lmasa. Agar taksida yo‘lovchi bo‘lsa haydovchi tibbiy niqobda bo‘lishi shart. Agar mashinadagi yo‘lovchi qarindoshingiz yoki yaqin odamingiz bo‘lsa, aql bilan ish tutish kerak”, - dedi u.

Shuningdek, G‘iyosov jamoat joylarida hamisha tibbiy niqob taqish shartligini qo‘shimcha qildi.

Mutaxassis ishlatilgan niqoblarni nima qilish kerakligini tushuntirdi

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda bugun, 25-martdan jamoat joylarida niqobsiz bo‘lgan shaxslarni jarimaga tortish boshlandi. Ushbu qoidabuzarlik uchun BHMning bir barobari (223 ming so‘m), mazkur holat yana qaytariladiganida BHMning uch barobari miqdorida (669 ming so‘m) jarima solish belgilangan.

Yangiliklar lentasi
0