TOShKENT, 25 mar — Sputnik. Toshkent shahar IIBB ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Unda “Neksiya” haydovchisi ichki ishlar xodimlariga bo‘ysunmay yengiltak qizlarni olib qochgani iddao qilingan edi.
Idoraning aniqlik kiritishicha, video 22-mart kunidan 23-mart kuniga o‘tar kechasi soat taxminan 02.00 da Yashnobod tumani Shahrisabz ko‘chasida tasvirga olingan.
Patrul-post xizmati xodimlari faoliyat yuritayotgan vaqtda oq rangli “Neksiya” egasi 27 yoshli Abror X. ichki ishlar xodimlarning to‘xtash ishorasi qaramasdan, o‘z harakatini davom ettirgan.
Ushbu fuqaroga nisbatan O‘zbekiston MJtKning 194-moddasi (“Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik”) bilan bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Hozirda uning avtomashina jarima maydonchasiga joylashtirilgan.