Baykalda bir kun yoxud muz erimaganda nega Buratiyaga borish kerakligi haqida

© Sputnik / Vladimir Smirnov / Mediabankka o‘tishOzero Baykal
Ozero Baykal - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Nega Baykal qishda poyezd kabi shovqin soladi va yozda undan nimani hidi keladi, qanday qilib mahalliy rux budiga "bajo keltirish" va brusnika daraxtlarini qayerdan qidirish kerak - RIA Novosti materialida.

Irina Ovchinnikova

Baykal ko‘li haqida gapirishganda, ko‘pincha Irkutsk, Listvanka, Olxon orolini nazarda tutishadi. Ammo dunyodagi eng chuqur ko‘l sohillarining aksariyat qismi Buratiya respublikasida joylashgan. Bunda dengizga kirish qismi - mahalliy aholi Baykal ko‘lini aynan shunday ataydi - qiya bo‘lib, suv 25 darajagacha qiziydigan qumli plyaj va ko‘rfazlarga ega. Ammo muz qoplagan ko‘l ham tomosha qilishingizga arziydi.

© Sputnik / Irina OvchinnikovaSneg na ozere Baykal
Baykalda bir kun yoxud muz erimaganda nega Buratiyaga borish kerakligi haqida - Sputnik O‘zbekiston
Sneg na ozere Baykal

Nega Baykal qishda poyezd kabi guvillashiyu, yozda undan qanday ifor taralishi, qanday qilib bu yerda baykal azimkor ruhi bilan "muloqotga kirishish" mumkinligi va brusnika butasini qayerdan topsa bo‘lishi haqida - RIA Novosti materialida o‘qing.

Shishadek muz va ko‘l devi

"Ko‘pchilik Baykal ko‘lining shaffof muzlari tasvirlangan fotosuratlarni ko‘rib, ko‘lning hamma joyi shunday bo‘lsa kerak, deb o‘ylashadi, ammo bu unday emas",- deydi mahalliy turfirmalardan birining xodimi Valentin. - 

Goroda Rossii. Tula - Sputnik O‘zbekiston
Praniklar, samovarlar va qurollar shahri. Dam olish kunlari – Tulaga!
Odatda, u chor-atrofdagi quruqlik singari, qor qatlami bilan qoplangan bo‘ladi va muzlarni faqat shamol tufayli sathidan qor qatlami ko‘chgan joylarda - ko‘pincha ko‘lning shimoliy qismida ko‘rish mumkin". Valentinning aytishicha, sathidagi iliq suv tufayli ko‘l ustidagi muz xuddi oyna kabi silliq va tiniq bo‘ladi. Bu manzara uzoq vaqt saqlanmaydi, ammo fotosessiyaga ulgursa bo‘ladi.

Biz go‘zal suratlar olish uchun kelmaganmiz, shu bois janubga tomon - Tanxoy qishlog‘iga yo‘l oldik.

© Sputnik / Kirill Shipitsyn / Mediabankka o‘tishLed na ozere Baykal
Baykalda bir kun yoxud muz erimaganda nega Buratiyaga borish kerakligi haqida - Sputnik O‘zbekiston
Led na ozere Baykal

Ulan-Udedan chiqilganda yo‘l taxminan ikki soatni oladi. Yo‘l dovon bo‘ylab o‘tgan bo‘lib, ularni tepasida mahalliy aholi orasida ko‘l deviga hadya keltirish - ya’ni "burxanlash" odati saqlanib qolgan. Odatda bu tanga yoki biror shirinlik (konfet) irg‘itish yoki shunchaki yerga suv sepishdan iborat bo‘ladi.

Led na beregu ozera Baykal - Sputnik O‘zbekiston
Muz asirligidagi Baykal: sirli ko‘lning sehrli suratlari

"Bu qadimiy shaman urf-odatlarining bir qismidir, - deydi Darima ismli gid. - Ammo ko‘pincha bu odatga buddaviylar,  pravoslavlar va hatto ateistlar ham amal qiladilar. Qattiq iqlim (keskin kontinental, ya’ni qishda - 40, yozda esa + 40) xuddiki ko‘ngilsizlik oldini olish uchun shu xilda o‘lpon to‘lashga majbur etadi".

Bu yerda hamma narsada xuddi shunday dinlar va mistika(tasavvuf) qorishmasinini kuzatish mumkin. "Avval biror masala bilan shaman oldiga, keyin lama yoniga boramiz, ko‘ngilni to‘q qilish uchun nasroniy ruhoniyiga ham murojaat qilishimiz mumkin", - deydi kulib mahalliy aholi.

Suhbat bilan bo‘lib vaqt o‘tgani sezilmaydi va mana Baykal ham ko‘rinish berdi. Endi yo‘l qirg‘oq chizig‘i bo‘ylab davom etmoqda, lekin bizni ko‘ldan temir yo‘l - o‘sha mashhur Trans-Sibir ajratib turadi.

© Sputnik / Igor Onuchin / Mediabankka o‘tishAvtomobilnaya doroga vdol ozera Baykal
Baykalda bir kun yoxud muz erimaganda nega Buratiyaga borish kerakligi haqida - Sputnik O‘zbekiston
Avtomobilnaya doroga vdol ozera Baykal

"Men sayyohlarga Ulan-Ude shahriga kelib, Baykal ko‘li bo‘ylab poyezdda Irkutskgacha (yoki aksincha) harakatlanishni maslahat beraman. Albatta, kunduzi, kechasimas!" - deydi Darima. Yozda bunday sayohat paytida poyezd oynasini ochib qo‘yish juda muhim: havodan barra bodring va hatto tarvuz hidi keladi.

Saroblar va muz uyumlari

Qirg‘oqda to‘xtab, 30 santimetr qalinlikdagi qorga cho‘kib, muz tomon yuramiz – hamma yoqda qor uyumlari.

Qaysidir soniyada, bu yer go‘yo ideal darajada tekis daladay tuyuladi, ammo muz uyumlari - toroslar Baykal ko‘lida turganimizga ishonch hosil qilishga yordam beradi. Bu yerda balandligi o‘n metrgacha yetadigan muz qoyalarini ko‘rish mumkin.

© Sputnik / Kirill Shipitsin / Mediabankka o‘tishLed na ozere Baykal
Baykalda bir kun yoxud muz erimaganda nega Buratiyaga borish kerakligi haqida - Sputnik O‘zbekiston
Led na ozere Baykal

"Gap shundaki, muz faqatgina bitta qatlamdan iborat emas, u turli zichlikdagi qismlardan tashkil topgan bo‘lib, ular bir-biriga nisbatan siljiydi. Muzlar to‘qnashgan joylarda toroslar hosil bo‘ladi va bu jarayonda shunday baland shovqin kuzatiladi-ki, yaqin atrofda poyezd harakatlanyaptimi, deb o‘ylaysiz", - tushuntiradi Darima.

Katta muz bo‘laklari - tort bo‘laklariga o‘xshaydi, bo‘lingan joylarida turli: feruza, shaffof va hatto loyqalashgan ranglardagi qavatlarni ko‘rish mumkin. Ular yaltillaydi - ob-havo masalasida omad kulib boqdi - quyosh charaqlab turibdi. Rostini aytganda, omadni hech qanday aloqasi yo‘q: Buratiyada yilda 300 kundan ko‘p musaffo osmonni kuzatish mumkin.

© Sputnik / Kirill Shipitsyn / Mediabankka o‘tishBuddiyskaya Vseblagaya Stupa Velikogo Prosvetleniya na ostrove Ogoy
Baykalda bir kun yoxud muz erimaganda nega Buratiyaga borish kerakligi haqida - Sputnik O‘zbekiston
Buddiyskaya Vseblagaya Stupa Velikogo Prosvetleniya na ostrove Ogoy

Baykal o‘ziga xos saroblarga ega - yorug‘likning boshqacha sinishi tufayli, qarama-qarshi qirg‘oq aslidan ko‘ra yaqinroq ko‘rinadi. Aytishlaricha, bu bir nechta sayohatchilarni aldagan. Biriga Listvankagacha to‘rt-besh kilometrdan so‘ng yetib olish mumkindek, tuyulgan. Mahalliy yashovchilarning aslida masofa u o‘ylayotganidan o‘n baravar ko‘p, degan gapiga sayyoh ishonmagan. U muz ustidan borishga ahd qilgan, ammo bo‘ron ko‘tarilib, sayyoh adashib ketgan va deyarli bir sutkadan so‘ng jahldor bir ahvolda qaytib kelgan. Hech kim bilan gaplashishni istamagan.

Shuningdek, bu yerdan, Buratiyadan Irkutsk tomonga qaraganda, plyajlar ko‘rinadi. Bu illyuziyadir – narida faqat qoyalar va jarliklar mavjud.

Kechuv joyi

Baykalga, aynan Tanxoy qishlog‘i hududiga tashrif buyurishning sababi bor - uchta kechuv joyidan bittasini qoldiqlari mana shu qirg‘oqda joylashgan.

© Sputnik / Irina OvchinnikovaVagoni na meste bivshey perepravi na Baykale
Baykalda bir kun yoxud muz erimaganda nega Buratiyaga borish kerakligi haqida - Sputnik O‘zbekiston
Vagoni na meste bivshey perepravi na Baykale

XX asr boshlarida bir necha yil davomida, unda hali Trans-Sibir temir yo‘li qurilishi oxiriga yetmagandi (ko‘lni egib o‘tuvchi eng qiyin qismlardan biri qolgan edi), ikkita ulkan muzorar kema - "Baykal" va "Angara" suv to‘la temir yo‘l sostavini yetkazib turgan.

© Sputnik / V. Smirnykh / Mediabankka o‘tishTranssibirskaya jeleznodorojnaya magistral
Baykalda bir kun yoxud muz erimaganda nega Buratiyaga borish kerakligi haqida - Sputnik O‘zbekiston
Transsibirskaya jeleznodorojnaya magistral

Baykal qattiq muzlaganida, muz ustiga temir yo‘l yotqizilgan – vagonlar otlar yordamida tortib o‘tkazilgan. Oldingi port hozir - uchta to‘kilishni boshlagan to‘lqinqaytargich burundan iborat, ammo 1904-1905 yillardagi rus-yapon urushi paytida ular qurollar va oziq-ovqatni qabul qilishgan.

© Sputnik / Kirill Shipitsyn / Mediabankka o‘tishKorabli na ozere Baykal
Baykalda bir kun yoxud muz erimaganda nega Buratiyaga borish kerakligi haqida - Sputnik O‘zbekiston
Korabli na ozere Baykal

Bundan bir necha yil oldin, bu yerdan unchalik uzoq bo‘lmagan joyda, "Baykalskaya pereprava" tarixiy-yodgorlik majmuasi ochilgan.

Brusnika butalari

Tanxoyda, shuningdek, Baykal biosfera qo‘riqhonasining markaziy idorasi joylashgan (YuNESKO qo‘riqxonalari dunyo tarmog‘iga kiritilgan). Bu yerda bahaybat kedrlardan tashqari, yana ming xildagi o‘simliklarni, hayvonlardan - qo‘ng‘ir ayiqlar, kiyiklar, loslar va o‘nlab turdagi to‘ng‘izlarni uchratish mumkin. Bularning barchasini uchta ekologik so‘qmoqlardan biri bo‘ylab yurib, o‘z ko‘zlaringiz bilan ko‘rishingiz mumkin.

© Sputnik / Kirill Shipitsin / Mediabankka o‘tish Devushka v natsionalnom kostume na konkurse ledovix skulptur v ramkax festivalya Olkhon Ice Fest na ozere Baykal
Baykalda bir kun yoxud muz erimaganda nega Buratiyaga borish kerakligi haqida - Sputnik O‘zbekiston
Devushka v natsionalnom kostume na konkurse ledovix skulptur v ramkax festivalya Olkhon Ice Fest na ozere Baykal

Ammo qishda ularning faqat bittasi - bir kilometrligi ochiq bo‘ladi. Oxirida kichkina qishxona bo‘lib, uning ichida o‘t qalangan pechka, yog‘ochdan yasalgan so‘ri va stol bor. Ovchilar tunni o‘rmonda shunday sharoitda o‘tkazadilar. Qo‘riqxonada esa xodim turistik guruhlarni kutib oladi, ularni choy va shakarda ezilgan brusnika bilan mehmon qiladi.

Suhbatdoshning aytishicha, bir vaqtlar Moskvadan kelgan sayyohlar bu mevalar qaysi daraxtda o‘sishini ko‘rsatishini iltimos qilishgan (ya’ni turistlarning Buratiyada ajablanishlari uchun yana bir sabab paydo bo‘ldi).

© Sputnik / Irina OvchinnikovaRusskaya izba na territorii Baykalskogo gosudarstvennogo prirodnogo zapovednika
Baykalda bir kun yoxud muz erimaganda nega Buratiyaga borish kerakligi haqida - Sputnik O‘zbekiston
Russkaya izba na territorii Baykalskogo gosudarstvennogo prirodnogo zapovednika

Qo‘riqxona direktori o‘rinbosari Irina Lyasotaning so‘zlariga ko‘ra, qishda ham yozda ham volontorlar juda ko‘p bo‘ladi - ular uchun hatto alohida turar-joy ham qurilgan. Ko‘pincha Yevropadan, Amerikadan kelishadi, moskvaliklar kam.

Baykal ko‘li bo‘yida qo‘riqxonaning tashrif markazi bor, unga 2017-yil Buratiyaga qilgan safari davomida Vladimir Putin ham qadamranjida qilgan (prezident fotosurati eng faxrli joyda bugun).

© Sputnik / Irina OvchinnikovaStendi v vizit-sentre Baykalskogo prirodnogo zapovednika
Baykalda bir kun yoxud muz erimaganda nega Buratiyaga borish kerakligi haqida - Sputnik O‘zbekiston
Stendi v vizit-sentre Baykalskogo prirodnogo zapovednika

Sivilizatsiyadan shunchalik olis masofada texnologiyali stendlar, ekranlar, bolalar kvestlari uchun anturaj va fitochoy ichib, panoramali darchalardan ko‘lning jozibador manzarasidan bahramand bo‘lish mumkin bo‘lgan zamonaviy kafeni uchratish mumkinligi hatto xayolingizga kelmaydi. "Hozir barguzin suvsarlarini borib ko‘ramiz, bu yerda volyer bor", - deydi gid. Oddiy to‘r bilan o‘ralgan hudud yoki oddiy hayvonot bog‘iga o‘xshash maskanni ko‘rishga chog‘lanasiz.

© Sputnik / Irina OvchinnikovaBaykalskiy prirodniy zapovednik
Baykalda bir kun yoxud muz erimaganda nega Buratiyaga borish kerakligi haqida - Sputnik O‘zbekiston
Baykalskiy prirodniy zapovednik

Ammo adashganingiz aniq bo‘ladi - Grom(Momaqaldiroq) va Tuchka(Bulutcha) toshlar va serbutoq to‘nkalar joy olgan ajoyib keng volyerda yashashini ko‘rasiz. Bundan tashqari, hayvonlarning shaxsiy tvitter-akkauntlari ham bor. Ularning kun tartibi ham erkin - xohlaganlarida dam olishadi. Bu gal bizga omad kulmadi - aka-singillar uyquda ekan.

© Sputnik / Irina OvchinnikovaEkologicheskaya tropa v zapovednike, Baykal
Baykalda bir kun yoxud muz erimaganda nega Buratiyaga borish kerakligi haqida - Sputnik O‘zbekiston
Ekologicheskaya tropa v zapovednike, Baykal

Jonivorlarni uyg‘oq holatda ko‘rish - bu yerga qaytishimiz uchun yana bir bahona bo‘ldi. Albatta, kunlar uzaygan, Baykal ko‘li uzra esa yengil meva ifori taralgan bir vaqtni tanlaymiz.

* Materialni tayyorlashda yordam bergani uchun Buratiya Respublikasining Axborot siyosati bo‘yicha qo‘mitasiga minnatdorlik bildiramiz.

Yangiliklar lentasi
0