TOShKENT, 24 mar — Sputnik. Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari qoldirildi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Xabarda yozilishicha, Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax va Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe joriy yilning yozida bo‘lib o‘tishi belgilangan Tokio-2020 Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarini keyingi yili o‘tkazilishi bo‘yicha kelishuvga erishgan.
“2021 yilning yoz fasli Tokio Olimpiadasi uchun oxirgi sana bo‘lib qoladi”, - deya qo‘shimcha qilgan Abe.
Eslatib o‘tamiz, Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari 2020-yilning 24-iyulidan 9-avgustiga qadar, Paralimpiya o‘yinlari esa 25-avgustidan 6-sentabriga qadar o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi.