TOShKENT, 26 fev — Sputnik. Xalqaro olimpiya qo‘mitasi a’zosi Dik Paund 2020-yilgi Tokio Olimpiadasi bekor qilinishi ehtimoli haqida ma’lum qildi.
U bu haqda AP agentligiga bergan intervyusida so‘zlab bergan.
Uning so‘zlariga qaraganda, Olimpiya o‘yinlari tashkilotchilari may oxiriga qadar koronavirus bilan bog‘liq vaziyat nazorat ostida ekanligini tekshirishlari lozim.
Shu bilan birga Paund sportchilarni Olimpiadaga tayyorgarlik ko‘rishni davom ettirishga chaqirgan.
“Hozircha hammasi Tokioda Olimpiada bo‘lishi ko‘rsatmoqda, barchasi odatdagidek ketmoqda. O‘z sport turingizga e’tibor qarating va XOQ sizni pandemiya sharoitidagi musobaqalarga jo‘natmasligiga ishonchingiz komil bo‘lsin”, - dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Tokiodagi O‘yinlarda 11 ming kishi ishtirok etishni rejalashtirmoqda, yana 4,4 ming kishi Paralimpiya o‘yinlariga hozirlik ko‘rmoqda.
Paund shunga o‘xshash hodisa avval tarixda kuzatilganini eslatib o‘tdi. 1940-yilda Olimpiada Tokioda bo‘lib o‘tishi kerak edi, ammo Yaponiyaning Xitoy bilan urushi va Ikkinchi jahon urushi tufayli tadbir bekor qilingan edi.
Xalqaro olimpiya qo‘mitasi a’zosi Olimpiada-2020 boshqa shaharga ko‘chirilishi ehtimoldan uzoq ekanini ta’kidladi.
COVID-2019
Xitoyda noma’lum pnevmoniyaning avj olishi o‘tgan yilning oxirida boshlangan edi. 2020-yil 26-fevral holatiga ko‘ra uni yuqtirganlar soni 81 ming kishiga yaqinlashgan. COVID-2019dan vafot etganlar soni 2764 kishini tashkil qilgan. 30100 kishi esa tuzalib ketishga muvaffaq bo‘lgan.