Yetti yillik sir: Hurram sulton "Muhtasham 100-yil" serialini nega tark etganini aytdi

© © Show TV (2011)Kadr iz seriala "Velikolepniy vek"
Kadr iz seriala Velikolepniy vek - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ilgariroq OAVlar aktrisaning loyihani tark etishi sababi Meryem Uzerlining homiladorligi, deya xabar tarqatishgandi. 2014-yilning fevralida aktrisa qizaloqni dunyoga keltirdi va unga Lara, deb ism qo‘ydi.

TOShKENT, 24 mar - Sputnik. "Muhtasham 100-yil" tarixiy serialida Hurram Sulton rolidan keyin olamshumul mashhurlikka erishgan, kelib chiqishi Germaniya va Turkiyadan bo‘lgan aktrisa Meryem Uzerli yetti yil ichida birinchi marta nega loyihani tark etgani haqida so‘zladi, deb xabar qilmoqda Aksam.

Operator i assistent na syemochnoy ploshadke - Sputnik O‘zbekiston
Turkiyada Jaloliddin Manguberdi haqida film suratga olinmoqda

Aktrisaning aytishicha, u ruhiy bo‘shliq tufayli, shunday qarorni qabul qilgan.

"Men o‘zimga nisbatan haddan ziyod talabchan edim. Men o‘z-o‘zimga "Meri, sen mashinasan va bu mashina ishlashi kerak. Komil bo‘l. Intizomga rioya et", deya singdirardim. Men o‘zimni robot his qilardim. Oxir-oqibat jamoamga, bunday tempdagi ish juda og‘irligini aytishga majbur bo‘ldim, - deya izoh beradi Uzerli. - Men zaradi qolmagan akkumulyator misoli edim".

Aktrisa 2013-yilda, uchinchi mavsum oxirida serialni tark etadi. O‘shanda uning o‘rniga tomoshabinlar avvaliga qabul qilishni istamagan Vaxide Gordum kelgan edi.

Ilgariroq OAVlar aktrisaning loyihani tark etishi sababi Meryem Uzerlining homiladorligi, deya xabar tarqatishgandi. 2014-yilning fevralida aktrisa qizaloqni dunyoga keltirdi va unga Lara, deb ism qo‘ydi.

"Muhtasham yuz yil" seriali Turkiyaning Star TV telekanalida 2011-yildan 2014-yilga qadar namoyish etilgan. Loyihada XVI asrning birinchi yarmida Usmoniylar imperiyasiga hukmdorlik qilgan sulton Sulaymon I hayoti haqida so‘z yuritilgan.

Yangiliklar lentasi
0