TOShKENT, 24 mar — Sputnik. Rossiyada koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgan kishilarni aniqlash tizimi ishga tushiriladi. Buni uyali aloqa operatorlarining geolokatsiya ma’lumotlarini yig‘ish orqali amalga oshirish rejalashtirilgan.
Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin Aloqa vazirligiga tegishli topshiriq berdi.
“Rossiya Aloqa vazirligi yangi koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan fuqarolar bilan aloqada bo‘lgan fuqarolar uchun kuzatuv tizimini ishlab chiqilsin, bu uyali aloqa operatorlarining ma’lum bir shaxs uchun uyali telefonning geolokatsiyasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarga asoslanib, fuqarolarga yangi koronavirus infeksiyaga chalingan odam bilan muloqot qilishi to‘g‘risida oldidan xabar berish imkoniyatini ta’minlaydi. Bemorlarga esa o‘zini izolyatsiya qilish zarurligi to‘g‘risida xabardor qilish, shuningdek ushbu ma’lumotlarni Rossiya Federatsiyasi tezkor shtabiga yuborish”, - deyilgan hujjatda.