Pandemiya vaqtida janoza namozlari ixcham tarzda o‘tkaziladi

© Sputnik / Iskandar AminovNa musulmanskom kladbishe v Dushanbe.
Na musulmanskom kladbishe v Dushanbe. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ulamolar kengashining koronavirus (COVID-19) infeksiyasi tarqalishining oldini olish bo‘yicha fatvosida ham “Janoza namozlari vafot etganning yaqin qarindoshlari ishtirokida xonadonlarda o‘qilsin”, deya alohida ta’kidlangan.

TOShKENT, 22 mar — Sputnik. O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’ati koronavirus tufayli karantin choralari sharoitida ma’raka va marosimlar xonadonlarda ixcham tarzda o‘tkazilishini eslatib o‘tdi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashining koronavirus (COVID-19) infeksiyasi tarqalishining oldini olish bo‘yicha fatvosida ham “Janoza namozlari vafot etganning yaqin qarindoshlari ishtirokida xonadonlarda o‘qilsin”, deya alohida ta’kidlangan edi.

Svadebnoe ukrashenie na mashiyen - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 23-martdan to‘ylar bekor qilindi

Ma’lum qilinishicha, mayitga janoza namozini o‘qish farzi kifoya bo‘lib, vafot etganning yaqinlari ishtirokida ado etilsa ham bo‘ladi.

Ta’kidlanishicha, janoza, dafn va ta’ziya marosimlarini ixcham tarzda o‘tkazish barobarida epidemiya hamda karantin davridagi talablar, xususan, gigiyena qoidalariga qo‘llarni yuvish, tibbiy niqoblarni taqish va boshqalarga jiddiy amal qilish lozim bo‘ladi. Shuningdek, maxsus komissiya qarorida qayd etilganidek, xudoyilar ham 10-15 kishi atrofida o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 23-martdan to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar singari ommaviy tadbirlar o‘tkazilishi bekor qilinadi. Ushbu marosimlarni zarur bo‘lgan taqdirdagina ixcham holda, yaqinlar bilan birga 10-15 kishi ishtirokida o‘tkazish tavsiya etiladi.

Yangiliklar lentasi
0