O‘zbekistonda 23-martdan to‘ylar bekor qilindi

CC0 / Unsplash / Nick Fewings / Svadebnoe ukrashenie na mashiyen
Svadebnoe ukrashenie na mashiyen - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
23 martdan boshlab "aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida"gi qonunga muvofiq mamlakat fuqarolarini sog‘lig‘ini himoya qilish maqsadida to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosim singari ommaviy tadbirlar o‘tkazilishi bekor qilinadi

TOShKENT, 20 mar - Sputnik. O‘zbekistonda 23-martdan to‘ylar bekor qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi maxsus qarori e’lon qilindi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Minzurka s biomaterialom vzataya u patsiyenta v poliklinike - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 33 nafarga yetdi

Ta’kidlanishicha, koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Mamlakat hududida bemorlar yoki kasallikka shubha qilingan shaxslarni o‘z vaqtida aniqlash va respublika bo‘ylab kasallikni tarqalishini oldini olish maqsadida, shuningdek majlisda ko‘rilgan boshqa masalalar yuzasidan respublika maxsus komissiyasi yig‘ilishining qarori qabul qilingan.

"Qarorga ko‘ra, 21-martdan e’tiboran barcha hududlarda faoliyat yuritayotgan mavjud ko‘ngil ochar obyektlar, shu jumladan tungi klublar, diskoteka, spa va massaj salonlar, choyxona, oshxona (uyga eltib berish xizmati bundan mustasno) karaoke, bilyard zallari, chilim (kalyan) markazlari va kompyuter o‘yinlari xizmatini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik faoliyati turlari koronavirus kasalligi bilan bog‘liq epidemiologik holat barqarorlashgunga qadar to‘xtatiladi.

Shuningdek, 23-martdan boshlab “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq mamlakatimiz fuqarolarini sog‘lig‘ini himoya qilish maqsadida to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosim singari ommaviy tadbirlar o‘tkazilishi bekor qilinadi. Ushbu marosimlarni zarur bo‘lgan taqdirdagina ixcham holda, yaqinlari bilan birga 10-15 kishi ishtirokida o‘tkazish tavsiya etiladi", - deyiladi xabarda.

Majlisda ayni paytda chet ellarda bo‘lib turgan fuqarolarni mamlakatimizga qisqa vaqtlar ichida olib kelish va ularni belgilangan tartibda 14 kun karantinda saqlash yuzasidan ko‘rilayotgan choralar atroflicha muhokama qilingan.

Yangiliklar lentasi
0