Yevropa Ittifoqi chet elliklar uchun kirishni taqiqladi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishFlag YeS u zdaniya predstavitelstva Yevropeyskogo Soyuza v Moskve
Flag YeS u zdaniya predstavitelstva Yevropeyskogo Soyuza v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yevropa Ittifoqi davlatlariga unchalik ahamiyatga ega bo‘lmagan barcha safarlar vaqtinchalik cheklanadi. Bu haqda Yevroparlament prezidenti bayonot berdi

TOShKENT, 16 mar - Sputnik. Yevrokomissiya Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga 30 kunlik cheklov kiritishni taklif etmoqda. Bu haqda YeK prezidenti Ursula fon der Lyayen bayonot bergan.

Meditsinskie rabotniki osmatrivayut voditeley v Tegu - Sputnik O‘zbekiston
JSST Yevropada koronavirusdan o‘lim ko‘rsatkichi ko‘payishini taxmin qilmoqda

"Yevrokomissiya chegaraga oid choralar bo‘yicha o‘z tamoyillarini taqdim etmoqda, YeI davlatlariga barcha unchalik ahamiyatga ega bo‘lmagan safarlarga vaqtinchalik cheklov qo‘yilishini taklif qilamiz", - deb yozgan YeK rahbari Twitterda.

Finlyandiya bosh vaziri Sanna Marin mamlakat o‘z chegaralarini yopishga tayyorligini ma’lum qilgan. Mamlakatga qaytayotgan finlyandiyaliklarga va mamlakatda ishlab, yashayotganlar uchun ushbu cheklovlar joriy etilmaydi. Helsingin Sanomat nashriga ko‘ra, chegara 13-aprel sanasiga qadar yopiq bo‘ladi.

Shengen hududiga yigirma oltita davlat kiradi: Avstriya, Belgiya, Chexiya, Daniya, Estoniya, Finlyandiya, Fransiya, Germaniya, Misr, Vengriya, Islandiya, Italiya, Latviya, Lixtenshteyn, Litva, Lyuksemburg, Malta, Niderlandlar, Norvegiya, Polsha, Portugaliya, Slovakiya, Sloveniya, Ispaniya, Shvetsiya va Shveysariya.

Yangiliklar lentasi
0