Qozog‘iston bosh vaziri MDHdagi hamkasblari bilan tranzit masalalarini muhokama qildi

© Sputnik / Tabildi Kadirbekov / Mediabankka o‘tishGranitsa mejdu Kirgizstanom i Kazaxstanom
Granitsa mejdu Kirgizstanom i Kazaxstanom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozog‘iston bosh vaziri Asqar Mamin qo‘shni mamlakatlardagi hamkasblari bilan yuklar transportirovkasi va fuqarolarning samolyotlarda harakatlanishi masalasini muhokama qildi

TOShKENT, 21 mar – Sputnik. Qozog‘iston bosh vaziri Asqar Mamin chet ellik hamkasblari bilan qator telefon muloqotlarini amalga oshirdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Jeleznodorojniy uzel - Sputnik O‘zbekiston
Karantin tashqi savdo yuklari harakatiga ta’sir ko‘rsatadimi - Bojxona qo‘mitasi javobi

Jumladan, u RF hukumati raisi Mixail Mishustinga ikki davlat hududi orqali vatanga qaytayotgan qozog‘istonlik va rossiyaliklar uchun alohida tartibni tashkil qilishni taklif etgan.

Mamin, shuningdek, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston bosh vazirlari bilan telefon muloqotini o‘tkazgan. Hukumat rahbarlari koronavirusning tarqalishini oldini olish va COVID-19dan aholini himoyalashda hamkorlik, shu jumladan, fuqarolarni vatanga qaytarish masalalarini muhokama qilishgan.

Qozog‘iston hukumat raisining O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov, Qirg‘iziston bosh vaziri Muhammadkaliy Abulg‘oziyev, Tojikiston bosh vaziri Kohir Rasulzoda bilan o‘tkazgan muzokaralari davomida vetetativ davrda suv-energetika masalalarida hamkorlik, shuningdek, favqulodda holat sharoitida Qozog‘iston davlat chegarasidan yuk tashuvlarini amalga oshirishni ta’minlash singari muhim masalalar muhokama qilingan.

Yangiliklar lentasi
0