Londonda koronavirus tufayli marodorlik boshlandi - video

© AFP 2023 / Herbert Pfarrhofer / APAPokupatel s telejkoy, napolnennoy produktami v supermarkete v Avstrii
Pokupatel s telejkoy, napolnennoy produktami v supermarkete v Avstrii  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Politsiya aybdorlarni qo‘lga olgan va bu bugungi vaziyatda yuzaga kelgan birinchi holat emasligini tasdiqlagan.

TOShKENT, 20 mar — Sputnik. Buyuk Britaniya poytaxti Londonda olti nafar shaxs alkogolli ichimliklarni o‘marish maqsadida do‘kon vitrinasini sindirdi, deb xabar qilmoqda Daily Mail.

Posadka na poyezd bez raspechatki elektronnix biletov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston 40 kunga xalqaro yo‘nalishlarda yo‘lovchi tashishni to‘xtatdi

Bugungi kunga kelib, shaharning ko‘plab supermarketlari bo‘shab qolgan, aholi zaxira uchun oziq-ovqatlar xarid qilmoqda.

Hukumat tanqislik mavjud emasligi, vahimaga berilib, oziq-ovqatni ortig‘i bilan xarid qilmaslik kerak, deya da’vat qilsada, odamlardagi vahima kayfiyati susaymagan.

Ushbu tarang vaziyat bir nechta marodorlik holatlarini yuzaga keltirgan.

Olti nafar marodor spirtli ichimlik do‘konidan ustki kiyimlari ichida alkogol ichimliklarini olib chiqib ketishga uringanlar. Do‘kon xodimlarining marodorlarga qarshilik ko‘rsatishga uringanligi, talonchilarni yanada g‘azablantirib yuborgan: jinoiy guruh qochib ketgan, ammo chiqish oldidan do‘kon vitrinasini sindirishga ulgurishgan.

Politsiya aybdorlarni qo‘lga olgan va bu bugungi vaziyatda yuzaga kelgan birinchi holat emasligini tasdiqlagan.

So‘nggi kunlarda xuddi shunday ayblovlar bilan to‘rtta qo‘lga olinish holati ro‘y bergan.

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni yangi COVID-19 koronavirusini pandemiya, deb e’lon qilgan edi. Dunyoning 166ta mamlakatida 207 mingdan ziyod kishi ushbu virusni yuqtirgan, 8,6 mingdan ziyodi vafot etgan.

Yangiliklar lentasi
0