O‘zbekiston 40 kunga xalqaro yo‘nalishlarda yo‘lovchi tashishni to‘xtatdi

© AO "Uzbekiston temir yullari"Posadka na poyezd bez raspechatki elektronnix biletov
Posadka na poyezd bez raspechatki elektronnix biletov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu cheklov, avtomobil, avia, temir yo‘l, daryo transportlarida amalga oshirilayotgan yuk tashuvlari va tashqi savdo yuklariga nisbatan qo‘llanilmaydi

TOShKENT, 20 mar - Sputnik. Koronavirus atrofida vujudga kelgan vaziyat tufayli O‘zbekistonda transportning barcha turlarida xalqaro yo‘nalishlarda yo‘lovchi tashish to‘xtatiladi.

Prezident Belorussii Aleksandr Lukashenko  - Sputnik O‘zbekiston
Lukashenko koronavirus, aroq va Jirinovskiy haqida latifa aytib, kuldirdi

"O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi 2020-yilning 20-mart kunidan e’tiboran xalqaro yo‘nalishlarda avtobus, yengil avtomobil, temir yo‘l va havo transportlari orqali yo‘lovchi tashuvlari 40 kun muddatga to‘xtatilishini ma’lum qiladi", - deyiladi Transport vazirligi rasmiy axborotida.

Ushbu cheklov, avtomobil, avia, temir yo‘l, daryo transportlarida amalga oshirilayotgan yuk tashuvlari va tashqi savdo yuklariga nisbatan qo‘llanilmasligi qo‘shimcha qilingan.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlangan bemorlar soni 23 nafarga yetgan.

Yangiliklar lentasi
0