O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlangan bemorlar soni 23 nafarga yetdi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishVoditel skoroy meditsinskoy pomoshi vozle bolnisi dlya patsiyentov s podozreniyem na koronavirus
Voditel skoroy meditsinskoy pomoshi vozle bolnisi dlya patsiyentov s podozreniyem na koronavirus - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana besh nafar fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlanganini xabar qildi.

TOShKENT, 19 mar — Sputnik. O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlangan bemorlar soni 23 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev obratilsya k narodu  v svazi s situatsiyey vokrug koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev koronavirus bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha xalqqa murojaat qildi

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Fransiyada bo‘lib qaytgan O‘zbekiston fuqarosining yana 3 nafar qarindoshida ushbu infeksiya borligi tasdiqlangan.

Shuningdek, shu yilning 15-mart kuni Istanbul – Toshkent yo‘nalishidagi 274-reys bilan kelgan bir nafar va joriy yil 14-mart kuni London – Toshkent yo‘nalishidagi 201-reys bilan kelgan yana bir nafar fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Har besh nafar fuqaro ham shu vaqtgacha tibbiy nazoratda bo‘lgan.

Shu tariqa, ayni paytga kelib O‘zbekistonda ushbu infeksiya aniqlangan bemorlar soni 23 nafarga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, infeksiya tarqalib ketishining oldini olish maqsadida olib borilayotgan epidemiologik surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0