TOShKENT, 18 mar - Sputnik. Bizda shpionomaniya yo‘q va bo‘lmaydi ham, Rossiya ochiq davlat, dedi RF prezidenti Vladimir Putin, davlat va mahalliy hokimiyat organlari mansabdorlari uchun fuqarolik masalasi hamda mablag‘larni chet el banklarida saqlash bo‘yicha Rossiya konstitutsiyasiga kiritilayotgan cheklovlarga izoh berar ekan.
"Rossiya - ochiq davlat, bizda ko‘plab chet elliklar ishlaydi, aytgancha, ular juda ko‘p joyda ishlashadi, yirik kompaniyalarda, turli darajadagi davlat muassasalarida, biz ular bilan chuqur va ishonchli madaniy aloqalarni yo‘lga qo‘yganmiz, ilmiy va ma’rifiy aloqalarimiz juda keng. Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgarishlar faqatgina oliy darajadagi shaxslar uchun", - dedi Putin Qrim va Sevastopol jamoatchiligi bilan uchrashuvda.
Prezident ushbu tuzatishlarning "shpiomaniya, mamlakat yopilishi" bilan hech qanday bog‘liq joyi yo‘qligini ta’kidlab o‘tdi. "Bularning barchasi uydirma. Bu ko‘proq RF ichidagi ichki siyosiy jarayonlarga ta’sir ko‘rsatishga urinishdir, biz hech qachon bu bilan murosa qilmaganmiz va qilmaymiz ham", - deb qo‘shimcha qildi Putin.
Agar kimda-kim RF prezidenti, hukumat raisi, vazir lavozimiga da’vogarlik qilsa, uning barcha orzulari va intilishlari rus xalqi va Rossiyadagi boshqa xalqlar bilan bog‘langan bo‘lishi lozim, deya tushuntirdi prezident.