Masofadan turib harorat o‘lchovchi termometrlar bepul tekshiruvdan o‘tkazib beriladi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishRussia Coronavirus
Russia Coronavirus - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Infraqizil tibbiyot termometrlari mamlakatda endigina qo‘llanila boshlaganligi bois, uning to‘g‘ri ishlayotganligiga ishonch hosil qilish va metrologik tekshiruvdan o‘tkazib turish lozim.

TOShKENT, 19 mar — Sputnik. O‘zbekiston milliy metrologiya instituti infraqizil tibbiyot termometrlarini bepul tekshiruvdan o‘tkazib berishini ma’lum qildi.  

Massaj - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda massaj salonlari, diskoteka va diskobarlar faoliyati to‘xtatildi

Ma’lumki, bugungi kunda O‘zbekistonda COVID-19 Koronavirus kasalliginining tarqalishi va uning oldini olish maqsadida infraqizil haroratni masofodan turib o‘lchovchi yangi infraqizil tibbiyot termometrlaridan foydalanilmoqda.

Infraqizil ibbiyot termometrlari inson tanasidagi haroratni masofadan turib tezkor aniqlash bilan bir qatorda, qisqa vaqt davomida bir necha bemorlar haroratini ketma-ket o‘lchay oladi. Hozirgi kunda ushbu tibbiyot termometrlaridan nafaqat tashkilotlar, balki istalgan shaxslar foydalanishmoqda.

Tibbiyot termometrlari mamlakatda endigina qo‘llanila boshlaganligi bois, uning to‘g‘ri ishlayotganligiga ishonch hosil qilish va metrologik tekshiruvdan o‘tkazib turish maqsadga muvofiqdir.

Ushbu tekshiruv esa maxsus namunaviy o‘lchash vositalari va malakali mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi.

Ayni damdagi epidemik vaziyat tufayli O‘zbekiston milliy metrologiya instituti mamlakat aholisi foydalanayotgan infraqizil tibbiyot termometrlarini bepul tekshiruvdan o‘tkazib berishini  ma’lum qiladi.   

Yangiliklar lentasi
0