O‘zbekistonda massaj salonlari, diskoteka va diskobarlar faoliyati to‘xtatildi

© FRANCK FIFE / AFPMassaj
Massaj - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Respublika bo‘ylab massaj salonlari, bolalar o‘yin zallari, diskoteka va diskobarlar faoliyatining to‘xtatilishi yuzasidan qaror qilindi.

TOShKENT, 19 mar — Sputnik. Joriy yil 19-mart sanasidan boshlab, bir qancha maishiy xizmat ko‘rsatish shohobchalarining faoliyati to‘xtatildi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasining matbuot xizmati ma’lum qilmoqda. 

Alleya na Gange - Sputnik O‘zbekiston
Nurmat Otabekov: Koronavirus aniqlangan bemorlar aholi orasida bo‘lmagan

Bugun O‘zbekistonda koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan. Unda respublika bo‘ylab massaj salonlari, bolalar o‘yin zallari, diskoteka va diskobarlar faoliyatining to‘xtatilishi yuzasidan qaror qilingan.

Ta’kidlanishicha, mazkur qaror ijrosi Davlat soliq xizmati, ichki ishlar organlari va Milliy gvardiyasi tomonidan qat’iy nazorat qilinadi.

“Tadbirkorlik subyektlaridan ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga xayrixoh bo‘lishlarini so‘raymiz. O‘z-o‘zini himoya qilish uchun aholiga karantin davrida bunday muassasalarga tashrif buyurmaslikni tavsiya qilamiz”,– deyilgan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0