TOShKENT, 19 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Agrar va oziq-ovqat sohalarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar qildi.
Qaror bilan belgilanishicha, O‘zbekiston ichki ishlar vaziri o‘rinbosarining boshqarma maqomiga ega bo‘lgan 12 nafar xodimdan iborat boshqaruv apparati tashkil etiladi.
Vazir o‘rinbosariga mazkur sohadagi faoliyatni amalga oshirish borasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vazirining, viloyat ichki ishlar boshqarmalari (bosh boshqarmasi) boshliqlarining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosarlari bo‘ysundiriladi.
Unga o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarishda tegishli sohaviy xizmat xodimlarini (ichki ishlar organlari tayanch punkti profilaktika inspektorlaridan tashqari) jalb etish vakolati beriladi.
Shuniingdek, ichki ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimini va uning boshqaruv apparatini kiritish IIV xodimlarining umumiy cheklangan soni doirasida amalga oshiriladi.