Jamiyat

Poʻlat Bobojonov Qoraqalpogʻiston IIV boʻlim boshliqlarini ishdan oldi

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova / Inspektoram profilaktiki vruchenы klyuchi ot kvartir i mashin
Inspektoram profilaktiki vruchenы klyuchi ot kvartir i mashin - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Kamchiliklarga yoʻl qoʻygani uchun ichki ishlar vaziri Qoraqalpogʻistonda bir necha IIV rahbarlarini ishdan oldi.

TOSHKENT, 15 fev – Sputnik. Oʻzbekiston ichki ishlar vaziri Poʻlat Bobojonov Qoraqalpogʻistonda ichki ishlar faoliyatiga bagʻishlangan majlis oʻtkazdi va bir necha rahbarlarni lavozimidan boʻshatdi, deb xabar qilmoqda IIV matbuot xizmati.

“Oʻz xizmat vazifalarni bajarishda kamchiliklarga yoʻl qoʻygani va xizmat vazifasini lozim darajada bajarmaganligi uchun”, - deyilgan xabarda.

Qoraqalpogʻiston IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshligʻi R.Yeshimbetov, Probatsiya boʻlimi boshligʻi P.Seytmuratov va Yoʻl-patrul xizmati otryadi komandirining oʻrinbosari A.Masharipovlar ishdan boʻshatildi.

V UVD Buxarskoy oblasti sostoyalos rasshirennoye soveщaniye s uchastiyem MVD Uzbekistana Pulata Bobojonova. - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Buxorodagi yigʻilishda birdaniga 11 nafar IIV xodimlari ishdan boʻshatildi

Shuningdek Qonlikoʻl tumani IIB boshligʻi M.Xojamuratov, Toʻrtkoʻl tumani IIB boshligʻining yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.Mansurov, Nukus shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari B.Isakov, Nukus shahar 4-son IIB boshligʻi M.Utemuratov, Qoʻngʻirot tumani IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlimi katta inspektori R.Kalandarovlar egallab turgan lavozimlaridan ozod etildi.

Undan tashqari Qoraqalpogʻiston IIV harbiy safarbarlik boʻlimi boshligʻi D.Tadjimov, Nukus shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi boshligʻi X.Ochilov, Qonlikoʻl tumani IIB boshligʻining yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.Paluanov, Xoʻjayli tumani IIB boshligʻining yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari O.Nuraddinov, Xoʻjayli tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlinmasi boshligʻi A.Sariyevlarning har biriga intizomiy jazolari qoʻllanildi.

IIV xabarida aytilishiga koʻra, 2019 yil natijalariga koʻra Qoraqalpogʻiston umumiy jinoyatlar soni 5% foizga, qotillik, ogʻir tan jarohati yetkazish, talonchilik, oʻgʻirlik, nomusiga tegish, avtotransport qurollarini olib qochish kabi ogʻir jinoyatlar soni  18 %ga kamaygan.

Yangiliklar lentasi
0