Firibgar ayollar 10 kishini xonavayron qilishdi

CC0 / pxhere / Rossiyskie rubli v rukax u jenshini
Rossiyskie rubli v rukax u jenshini - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hozirda sodir etilgan firibgarlik yuzasidan JKning 168-moddasi 3-qismi “b” bandi hamda 228-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

TOShKENT, 19 mar — Sputnik. Namanganda 10 nafar fuqaroga kredit olib berishni va’da qilib, ularning ortidan qo‘lga kiritgan mablag‘larini o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan firibgarlar ushlandi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti axborot xizmati ma’lum qilmoqda.

Naruchniki - Sputnik O‘zbekiston
Firibgar “Human” rahbari 10-yilga qamaldi

Asli to‘raqo‘rg‘onlik bo‘lgan ikki nafar ayol oldindan jinoiy til biriktirib, 10 nafar fuqarolarning ishonchiga kirishgan. So‘ng kredit olib berishni va’da qilib, ularning nomlariga ish haqi to‘g‘risidagi soxta ma’lumotnomalarni tayyorlashgan.

Ushbu  soxta ma’lumotnomalar asosida fuqarolar nomiga jami 134 033 396 so‘mlik maishiy texnika vositalarini qo‘lga kiritishgach, ularni sotib yuborishgan. Tushgan mablag‘larni esa o‘z shaxsiy ehtiyojlariga sarflab yuborishgan.

Hozirda holat yuzasidan JKning 168-moddasi 3-qismi “b” bandi hamda 228-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, mablag‘larni undirish harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0