Firibgar “Human” rahbari 10-yilga qamaldi

© Sputnik / Yevgeniy OdinokovNaruchniki
Naruchniki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sud hukmi bilan u 1080 nafardan ortiq jabrlanuvchilarga 21 milliard 192 ming so‘mdan ziyod moddiy zarar to‘lashi lozim.

TOShKENT, 28 yanv - Sputnik. “Human” xususiy bandlik agentligi MChJ rahbari ustidan sud hukmi o‘qildi.

Sud hukmiga ko‘ra, Sh. Fayzullayevga uzil-kesil 10-yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Denejnie kupuri i moneti raznix stran - Sputnik O‘zbekiston
Odamlarni katta pulga aldagan "Xuman" rahbari uylari, mashinalari va pullari hibsga olindi

Sudlanuvchidan 1080 nafardan ortiq jabrlanuvchilar foydasiga 21 milliard 192 ming so‘mdan ziyod miqdorda moddiy zarar undirilishi belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroi Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudida “Human” xususiy bandlik agentligi” rahbariga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud boshlangani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0