O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 15 nafarga yetdi

© XSSkoraya pomosh
Skoraya pomosh - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayni paytga kelib, koronavirus infeksiyasi aniqlangan bemorlar soni 15 nafarga yetdi - Sog‘liqni saqlash vazirligi.

TOShKENT, 18 mar — Sputnik. O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 15 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev va Tokayev koronavirusga qarshi kurash choralarini muhokama qilishdi

Turkiyadan kelgan bemorning turmush o‘rtog‘ida hamda shu kunlarda Londondan kelgan yana bir o‘zbekistonlikda koronavirus infeksiyasi aniqlandi.

"Bundan bir muddat oldin Istanbuldan kelgan O‘zbekiston fuqarosida koronavirus infeksiyasi aniqlanganligi haqida xabar bergan edik.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, uning turmush o‘rtog‘ida ham ushbu infeksiya borligi tasdiqlangan.

Shu bilan birga, Londonda bo‘lib qaytgan yana bir O‘zbekiston fuqarosida ham koronavirus infeksiyasi aniqlangan.

Har ikki fuqaro ham qat’iy tibbiy nazoratda bo‘lgan. Ayni paytga kelib, ushbu infeksiya aniqlangan bemorlar soni 15 nafarga yetdi", deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda uch kun avval, 15-mart kuni koronavirusga chalingan ilk bemor qayd etildi. Respublikaga koronavirus to‘rtta reys orqali kirib keldi:

Birinchisi, 11-mart kuni "Parij-Toshkent" reysi. Bu reys orqali uchgan shifokor ayol O‘zbekistonda o‘g‘li, qizi, turmush o‘rtog‘i, nabirasi va qarindoshiga virus yuqtirdi (6 bemor).

Ikkinchisi, 15-mart kuni soat "Istanbul-Toshkent" yo‘nalishidagi 274- reys (5 bemor).

Uchinchisi, 14-mart kuni "London–Toshkent" yo‘nalishidagi 201-reys (3 bemor). 

To‘rtinchisi, "Dubay–Toshkent" yo‘nalishidagi reys (1 bemor).

Yangiliklar lentasi
0