TOShKENT, 18 mar — Sputnik. O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari Shavkat Mirziyoyev va Qasim-Jomart Tokayev telefon orqali muloqot qildilar.
Suhbatda ikki mamlakatdagi joriy epidemiologik holat hamda koronavirus infeksiyasi tarqalishi munosabati bilan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi, bu borada yaqindan hamkorlikni davom ettirish muhimligi qayd etildi.
Prezidentlar ikki tomonlama hamkorlikka doir va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalarni ham ko‘rib chiqdilar.