O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirganlar soni 13 nafarga yetdi

© Sputnik / Pavel Lvov / Mediabankka o‘tishSanitarnaya obrabotka v zdanii
Sanitarnaya obrabotka v zdanii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bemorlarning ahvoli hozircha qoniqarli bo‘lib, shifokorlar tomonidan standartlar asosida davolash muolajalari olib borilmoqda.

TOShKENT, 18 mar - Sputnik. O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 13 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

Vrachi skoroy meditsinskoy pomoshi dostavili patsiyenta s podozreniyem na koronavirus v bolnitsu  - Sputnik O‘zbekiston
Bir sutkada Rossiyaning yana 15 viloyatida koronavirus aniqlandi

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Istanbuldan kelgan O‘zbekiston fuqarosi va Londonda bo‘lib qaytgan yana bir fuqaroning turmush o‘rtog‘ida ham koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Har ikki fuqaro ham qat’iy tibbiy nazoratda bo‘lgan.

Ayni paytga kelib, ushbu infeksiya aniqlangan bemorlar soni 13 nafarga yetdi. Bemorlarning ahvoli hozircha qoniqarli bo‘lib, shifokorlar tomonidan standartlar asosida davolash muolajalari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 15-mart kuni Virusologiya ilmiy tekshirish instituti laboratoriyasida Fransiyada bo‘lib qaytgan bir nafar O‘zbekiston fuqarosida, shuningdek, uning o‘g‘li va qizi, turmush o‘rtog‘i va nabirasida koronavirus infeksiyasi aniqlanganini xabar qilingandi. Olib borilgan tahlil natijalariga ko‘ra, ushbu bemor bilan muloqotda bo‘lgan qarindoshida ham koronavirus infeksiyasi qayd etilgan.

14 mart kuni “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasiga qarashli London–Toshkent yo‘nalishidagi 201- reys bilan kelgan O‘zbekiston fuqarosida koronavirus infeksiyasi aniqlangan.

15 mart kuni “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasiga qarashli Istanbul–Toshkent yo‘nalishidagi 274-reys bilan kelgan bir nafar fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlanganligi haqida xabar berilgan. 

Yangiliklar lentasi
0