Markaziy bank mijozlardan internet-bank va mobil ilovalardan foydalanishni so‘radi

© Pixabay / StartupStockPhotosRabota programmista
Rabota programmista  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalariga ko‘ra, to‘lovlarni amalga oshirishda naqd pullardan foydalanish virus tarqalishiga olib keladi. Shu bois mijozlarga bank kartalari yoki muqobil elektron to‘lov turlaridan foydalanish maslahat beriladi.

TOShKENT, 18 mar — Sputnik. Markaziy bank fuqarolarga to‘lovlarni amalga oshirishda imkon qadar bankning masofiy xizmat ko‘rsatish usullaridan foydalanishlarini so‘radi

Mujchina v meditsinskoy maske na odnoy iz stansiy Moskovskogo metropolitena. - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirus bo‘yicha qator qator profilaktik cheklovlar joriy etildi

Koronavirus tarqalishi va uning oldini olish maqsadida Markaziy bank aholiga bank xizmatlaridan qanday foydalanish mumkinligi haqida ko‘rsatma berdi. Unga ko‘ra fuqarolar to‘lovlarni amalga oshirishda  bankning masofiy xizmat ko‘rsatish usullaridan bo‘lgan internet-banking, banklarning mobil ilovalari hamda to‘lov tashkilotlari dasturlaridan keng foydalanishlari mumkin.

Valyuta-ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirishda esa avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari yoki masofadan turib valyuta ayirboshlash imkonini beruvchi mobil ilovalardan foydalanish mumkin.

Joriy yilning 18-mart kunidan boshlab, tijorat banklarining valyuta ayirboshlash shoxobchalari soat 18:00 gacha  faoliyat yuritadi. Haftaning dam olish yoki bayram kunlarida avtomatlashtirilgan bankomatlar va mobil ilovalardan foydalangan ma’qul.

Bank xizmatlarini amalga oshirish bo‘yicha savollar tug‘ilganda tijorat banklari yoki Markaziy bankning 71 200-00-44 raqamli «Ishonch telefoni”ga murojaat qilish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0