“Uralskie avialinii” ham O‘zbekistonga parvozlarni to‘xtatib qo‘ymoqda

© Sputnik / Georgiy Zimarev / Mediabankka o‘tishSamolyot Airbus A320 aviakompanii "Uralskie avialinii"
Samolyot Airbus A320 aviakompanii Uralskie avialinii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Aeroflot" aviakompaniyasi ortidan “Uralskie avialinii” ham O‘zbekistonga parvozlarni 31-martga qadar to‘xtatib qo‘yishga qaror qildi.

TOShKENT, 16 mar - Sputnik. Rossiyaning “Uralskie avialinii” kompaniyasi koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yuzaga kelganligi sabab 31-martga qadar O‘zbekistonga parvozlarni to‘xtatib qo‘ymoqda. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Dalnemagistralniy shirokofuzelyajniy passajirskiy samolet Airbus A350-900 aviakompanii Aeroflot - Sputnik O‘zbekiston
"Aeroflot" O‘zbekistonga parvozlarni to‘xtatmoqda

Xabarda yozilishicha, aviakompaniya 16-martdan 31-martga qadar Jukovskiy aeroportidan Toshkent va Samarqandga, Domodedovo aeroportidan Qarshi, Pulkovo (Sank-Peterburg) aeroportidan Namanganga parvozlarni amalga oshirmaydi.

Shuningdek, 17-martdan 31-martga qadar Domodedovodan Namangan, Navoiy, Urganch, Farg‘ona, Jukovskiydan Qarshiga va Kolsovodan (Yekateringburg) dan Toshkentga parvozlarni vaqtincha to‘xtatib qo‘yadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq "Aeroflot" aviakompaniyasi koronavirus tufayli Toshkent, Buxoro va Samarqandga amalga oshiriladigan reyslarni bekor qilishga qaror qilgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0