TOSHKENT, 15 mar - Sputnik. "Aeroflot" aviakompaniyasi 15 martdan boshlab aprel oyi oxiriga qadar Yevropaning yana 16ta shahriga hamda Markaziy Osiyoga parvozlarni vaqtinchalik toʻxtatmoqda.
Aksariyat yoʻnalishlar boʻyicha cheklovlar aprel oyi oxiriga qadar saqlanib qoladi.
Xususan, bu Praga, Frankfurt, Myunxen, Saloniki, Barselona, Tsyurix, Kopengagen, Oslo, Kishinev, Vilnyus, Varshava, Tallin, Vena, Toshkent, Buxoro va Samarqandga amalga oshiriladigan reyslardir.
Shu bilan bir vaqtning oʻzida "Aeroflot" Praga, Myunxen, Tsyurix, Kopegagen, Oslo, Kishinev, Vilnyus, Varshava, Tallin va Venadan reyslarni amalga oshirishda davom etadi.